Komplayens
Komplayens – ingliz tilidan tarjima qilinganda «muvofiqlik» degan ma’noni anglatadi.
«UZAUTO MOTORS» AJ hamda uning filiallari (birgalikda «Kompaniya») samimiylik, hallollik hamda ahloq qoidalarini muhim qadriyat deb sanaydi. Biz biznesimizni halollik va ahloq me’yorlariga amal qilgan holda amaldagi qonunchilikka muvofiq olib borishga harakat qilamiz.
Ushbu maqsadda Kompaniya ahloq va Komplayens Kodeksi hamda Komplayens bo‘yicha Yo‘riqnomani qabul qildi, Kompaniyaning barcha xodimlari, xususan, direktorlar, bo‘lim boshliqlari, menedjerlar, shuningdek fuqaroviy-huquqiy kelishuv asosida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar ularga amal qilishga majbur.
«UZAUTO MOTORS» AJda ishlab chiqilgan Komplayens bo‘yicha asosiy hujjatlar:
Moderatsiya jarayonida
Tezkor raqam:
Kompaniya xodimi Komplayens bo‘yicha qo‘llanma yoki Etika kodeksining har qanday buzilish holatlariga duch kelganda tezkorlik bilan Komplayens xizmatiga xabar berishi lozim.
Komplayens xizmati xodimlari bilan bir nechta yo‘l bilan bog‘lanish mumkin:
1. Kompaniyaning +998781405630 «Tezkor raqami»ga qo‘ng‘iroq amalga oshirib;
2. compliance@uzautomotors.com elektron pochtasiga xabar yuborib
3. Kompaniyaning http://www.uzautomotors.com/ manzilidagi korporativ veb-saytida shaklni to‘ldirib.
Xodim +998781405630 raqamlariga anonim tarzda qo‘ng‘iroq qilib ma’lumot berishi mumkin. «Tezkor raqam» yordamida ma’lumot bergan xodim o‘zining shaxsini aniqlashtiradigan ma’lumot bermaslik huquqiga ega.
Tezkor raqam – bu Kompaniya qoidalarining buzilgani tahmin qilingan hamda buzilgan holatlarni yetkazishning ishonchli va samarali tizimidir. Tezkor raqamga kelib tushayotgan xabarlar tekshirilishi kafolatlanadi, maxfiyligi ta’minlanadi.