Matkarimov Ulug'bek Yuldashevich
Biografik ma`lumotlar
1963 yilda, Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilgan
Millati: O‘zbek
Ma’lumoti: Oliy, 1985 yili Toshkent politexnika institutini quruvchi texnolog, muhandis mutaxassisligini tugatgan
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: quruvchi texnolog, muhandis
Lavozim:
«UZAUTO MOTORS» AJ ning Xorazm viloyati, Pitnak shahridagi filialining boshqaruvchi direktori.
Quyidagi sohalarni boshqaradi:
Filialning Boshqaruvchi Direktori:
- «UZAUTO MOTORS» AJ ning nomidan, «UZAUTO MOTORS» AJ ning Filiali to‘g‘risida Nizomi va boshqa qarorlari bilan belgilab beriladigan vakolatlari doirasida ishonchnoma bo‘yicha harakat qiladi;
- «UZAUTO MOTORS» AJ ning tasdiqlangan Biznes-rejasiga muvofiq, Filial faoliyatiga tezkor rahbarlik qiladi;
- filialning maqsadlari va vazifalariga erishish uchun zarur bo‘lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.