RAVON brendi haqida

Ravon

Ravon Logo

Ravon ramzining falsafiy zamini ravon rivojlanishni ko‘zda tutadi. Bu o‘ylab chiqarilgan ideallarga intilish emas, brendning ko‘p yillik tarixi davomida orttirilgan xaridorlarning ishonchi va hurmatini oqlash istagidir. Ravon va uning hamkorlarining eng a’lo an’analariga tayanib, ularni zamonaviy yo‘nalishlarga muvofiq rivojlantirib, biz jamiyatda haqiqiy avtomobillar haqida ongli va to‘g‘ri tasavvurni shakllantiramiz.

Ravon barcha «ha» va «yo‘q» dalillarga baho berib, muhim qaror qabul qiladigan pragmatik, oqilonalik tarafdorlari uchun mo‘ljallangan. Ravon ning bozordagi muvaffaqiyati yangi model qatorining ishonchliligi, sifati va qulayligi bilan uyg‘unlashgan holda yuksak xizmat ko‘rsatish standartlari hisobiga shakllanadi. Ravon brendi - avtomobillarni yaxshi ko‘radigan, qadrlaydigan va ularni tushunaigan kishilar uchun a’lo mahsulotdir.

Ravon brendining tarixi:

1992 – 2012: Uz-Daewoo Auto Co Tuzilishi va rivojlanishi.

1992 yilda Daewoo (Janubiy Koreya) va "O‘zavtosanoat" (O‘zbekiston) kompaniyalari tomonidan za O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarilishi uchun Uz-Daewoo Auto Co. qo‘shma korxonasining tuzilishi haqida bitim tuzilgan.

1996 yilda yangi zavodning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi, unda Daewoo ning ommaviy modellari - "NEXIA", "DAMAS", "TICO” larni ishlab chiqarish boshlandi.

2001 yilda Matiz ni ishlab chiqarish boshlandi.

2002 yilda General Motors kompaniyasi Daewoo Motor aksiyalarining nazorat beruvchi paketini sotib oldi va uning asosida GM Daewoo Automotive and Technology (GM DAT) kompaniyasini tuzdi.

2005 yilda «UzDeuAvto» Koreya kompaniyasining qo‘shma korxonadagi ulushini sotib oldi. Keyinroq hamkorning modellari — Nexia, Matiz, Damas uchun litsenziyalar ham sotib olingan.

2008 yilda Nexia-2 yangilangan modelning chiqarilishi boshlandi. Shu yili “O‘zDeuAvto” va General Motors kompaniyalarining yangi qo‘shma korxonasi - "GM Uzbekistan" tuzilgan. O‘zbekistondagi zavodda Uz-Daewoo va Chevrolet brendlari ostida zamonaviy modellarni sanoat va yirik tarmoqli yig‘ib ishlab chiqarish boshlandi.

2013 – 2015: GENTRA chiqarilishi va RAVON brendining chiqarilishi

2013 yil - brend tarixidagi yangi bosqichdir. C-sinfidagi yangi model – Gentra chiqarildi. Bu barcha kerakli uskunalar bilan jihozlangan, o‘ziga xos uslubli, ergonomikasi puxta o‘ylangan, lekin avvalgidek sifatli va narxi hamyonbop bo‘lgan zamonaviy avtomobil edi.

2015 yil 8 oktabr – yangi Ravon brendining taqdimoti va modellar to‘plami yangilanishining e’lon qilinishi.

Ravon brendining chiqarilishi – rivojlanishning qonuniy bosqichi, brend muvaffaqiyatli rivojlanayotganligining tasdig‘idir. U yangi, zamonaviy, yuqori texnologik – lekin faqat haqiqatan xaridorlarga zarur bo‘lgan avtomobillarni maqbul narxlarni saqlab qolgan holda taklif qilish hisobiga rivojlanadi.