Rivojlanish tarixi

  • 2021 yil. - Xorazm viloyati Pitnak shahridagi filialida yangi press tsexining ochilishi
  • 2021 yil. - Ozarbayjonda Gadjigabul shahrida Chevrolet brendi ostidagi avtomobillari yig'uvi yo‘lga qo‘yildi
  • 2020 yil. - Asakadagi “GM Uzbekistan” zavodi "General Motors" tomonidan BIQ III darajali sertifikatga muvofiq deb baholandi
  • 2020 yil. - Qozog'istonda Kostanay shahrida General Motors standartlariga muvofiq Chevrolet brendi ostida avtomobilari yig'uvi boshlandi
  • 2020 yil. - “UzAuto Motors”AJ zavodlarida yil davomida rekord miqdordagi avtomobil ishlab chiqarildi – 280 ming dona
  • 2019 yil. - Qozog'istonda Almata shahrida Ravon Nexia R3 avtomobilining rasmiy taqdimoti
  • 2019 yil. - Trade-In tizimi orqali eski avtomobilni yangisiga qoʻshimcha toʻlov bilan almashtirish imkonini beruvchi “UzAuto Motors Service Trade-In Center” servis va savdo markazi ochildi.
  • 2019 yil. - Korxona milliy brend sifatida shakllantirilib, “UzAuto Motors” AJ deb nomlandi
  • 2018 yil. - "GM Uzbekistan" AJ O‘zbekistonda birinchi onlayn avtomobil xarid qilish platformasi – “UzAuto Savdo” ishga tushirdi
  • 2018 yil. - Asakadagi “GM Uzbekistan” zavodi "General Motors" tomonidan BIQ III darajali sertifikatga muvofiq deb baholandi
  • 2018 yil. - 3 000 000-avtomobil ishlab chiqarildi
  • 2018 yil. - Korxona MXAS- avtomobillar va texnologiyalar ko'rgazmasida qatnashdi
  • 2018 yil - SKD usulida Tracker modeli ishlab chiqarishi boshlandi
  • 2018 yil dekabr oyi - Nurafshon shahrida Oʻzbekistondagi ilk multibrend avtosalon ochildi
  • 2018 yil dekabr oyi - Chevrolet Tracker avtomobili taqdim etildi
  • 2018 yil may oyi - GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqarish jarayonlariga sifatni integratsiya qilingaligini belgilab beruvchi BIQ-III (Built-In Quality) sertifikatini qo‘lga kiritdi
  • 2017 yil may oyi - Qozog‘istondagi Kustanay shahrida T250 avtomobilini yig‘ishning boshlanishi
  • 2017 yil may oyi - Uzaytirilgan yuk bo‘limli Labo avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi
  • 2017 yil aprel oyi - Yangi, ikkinchi avlod Malibu avtomobilini ishlab chiqarishga tushirish
  • 2016 yil dekabr oyi - Cobalt eksport avtomobillarining "Era-Glonass" shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlanishi.
  • 2016 yil noyabr oyi - J200 va M300 eksport avtomobillarining "Era-Glonass" shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlanishi.
  • 2016 yil avgust-sentabr oyi - Moskva xalqaro avtosalonida ishtirok etish.
  • 2016 yil iyul oyi - T250 eksport avtomobillarining "Era-Glonass" shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlanishi.
  • 2016 yil iyun oyi – Neksiya (T250) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2016 yil may oyi - Neksiya (T250) avtomobilining taqdimoti.
  • 2016 yil aprel oyi - Captiva (SORP) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2015 yil oktabr oyi - Moskva shahrida Ravon brendining taqdimoti.
  • 2015 yil iyul oyi - Labo tijorat avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2015 yil dekabr oyi - GBJ bilan Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2014 yil mart oyi - Chevrolet Orlando avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2014 yil yanvar oyi –Pitnak shahrida «GM O‘zbekistan» filialining ochilishi.
  • 2013 yil noyabr oyi – Lacetti II (Gentra) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2012 yil sentabr oyi - Chevrolet Cobalt avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2012 yil mart oyi – Chevrolet Malibu avtomobilini. yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi
  • 2011 yil sentabr oyi – yangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
  • 2011 yil aprel oyi – 1 500 000-chi avtomobilining ishlab chiqarilishi.
  • 2011 yil aprel oyi – Spark avtomobili «Shahar avtomobillari» nominatsiyasida «Rossiyada 2011 yil uchun yilning eng yaxshi avtomobili» bo‘ldi.
  • 2010 yil avgust oyi – Spark avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2008 yil noyabr oyi – bir millioninchi avtomobilining chiqarilishi.
  • 2008 yil noyabr oyi – Lacetti avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2008 yil iyun oyi –Nexia N150 avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2008 yil mart oyi – «GM O‘zbekistan» qo‘shma korxonasining tuzilishi.
  • 2007 yil dekabr oyi – EURO III motorlari bo‘lgan Nexia va Matiz avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2007 yil oktabr oyi – Tacuma, Epica va Captiva avtomobillarini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
  • 2007 yil iyul oyi – 750 000-nchi avtomobilining chiqarilishi.
  • 2007 yil may oyi –O‘zbekistan Respublikasining hukumati va GM Daewoo Auto&Technology kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.
  • 2006 yil fevral oyi – B100. o‘rniga Damas B150 avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi
  • 2005 yil oktabr oyi – 500 000- nchi avtomobilining chiqarilishi.
  • 2004 yil dekabr oyi – dvigatelning hajmi 1,0 litr va avtomatik uzatmalar qutisi bo‘lgan Matiz Best avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2004 yil iyun oyi - sifati, yetakchiligi, ilg‘or texnologiyalari va innovatsiyalari uchun “International Quality Summit - New York” xalqaro sovrinning qo‘lga kiritilishi.
  • 2003 yil aprel oyi - sifat tizimining ISO: 9001:2000 xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlanishi.
  • 2003 yil avgust oyi - Lacetti avtomobilini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
  • 2003 yil mart oyi – Matiz avtomobili rassiya fidiratsiyasi bozorida«Yil avtomobili »nomiga sazzovor bo'ldi .
  • 2002 yil avgust oyi –DOHC dvigateli bilan avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2001 yil avgust oyi - Matiz avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 2001 yil may oyi – 250 000-nchi avtomobilining chiqarilishi.
  • 1999 yil dekabr oyi - sifat tizimining ISO: 9001:1998 xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlanishi.
  • 1996 yil iyun oyi – Tico va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 1996 yil mart oyi – Damas avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
  • 1994 yil iyun oyi - Asaka shahrida zavod qurilshining boshlanishi.
  • 1993 yil mart oyi - «UzDEUavto» QK ning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi.
  • 1992 yil iyun oyi - prezident I. Karimovning Koreyaga tashrifi va Daewoo Motor ga tashrif buyurishi.