Ko`p so`raladigan savollar

Avtomobilni shartnomada belgilangan muddatidan avval yetkazib berishning imkoni bormi?

Men aprel oyining boshida avtomobilni yetkazib berish shartnomasini imzoladim va shartnoma bo‘yicha mablag‘larni to‘ladim. Shartnomada avtomobilni yetkazib berish muddati 30 iyun deb ko‘rsatilgan. Avtomobilni shu muddatdan avval yetkazib berish imkoni bormi?

Xaridor va diler o‘rtasida tuzilgan avtomobilni yetkazib berish shartnomasi shartlariga muvofiq (3.1-bandi) avtomobilni yetkazxib berish muddati belgilangan.

Xaridorlarning diqqatiga: Shartnomani imzolashda shartnomaning shartlarini; to‘lovning shakli, avtomobilni yetkazib berish muddati, tomonlarning huquqlari va majburiyatlarini diqqatbilan o‘rganib chiqish juda muhimdir.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlar tasdiqlangan ishlab chiqarish rejasiga va import qilinadigan detallarni chet eldan yetkazib berish muddatlariga, asoslanadi, dilerlik korxonasiga sotishning ajratiladigan oylik kvotalari hisobga olinadi.

Shuningdek, ko‘pchilik hollarda avtomobilni yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan muddatidan avval amalga oshirilishini qayd etish lozim.

Tuzilgan shartnomaga muvofiq avtomobilni yetkazib berish muddatlari buzilganda, xaridor o‘zini qiziqtirgan ma’lumotni olish uchun 141-77-77 telefoni orqali «UZAUTO MOTORS» AJ ning mijozlarga ko‘maklashish xizmatiga (Call center) ga yoki 147-14-14 kompaniyaning ishonch telefoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish huquqiga ega.

Men kreditga avtomobil sotib olmoqchiman. Hech kim bu masalani hal etishni istamayapti. Avtosalon menga avtokredit shartnomasini berishni rad etgan. Bankda esa uch tomonlama shartnomani talab qilishmoqda.

«UZAUTO MOTORS» AJ va uning dilerlik korxonalari kredit tashkilotlari bo‘lmagani uchun, bu masala murojaatlar klassifikatoridan chiqarib tashlangan.

Axborot uchun: Moliyaviy iste’mol kreditlarini beruvchi tashkilotlar banklar yoki Markaziy bankning maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) asosida  O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» Qonunida ko‘zda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa kredit tashkilotlari hisoblanadi.

Kreditlash masalalari bank muassasalarining sohasiga kiradi, demak, avtosalonlar (rasmiy dilerlik korxonalari) mijozga avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha namunaviy shartnomalarni beradi, ularda jismoniy shaxslar uchun quyidagi to‘lov shakllari ko‘zda tutilgan:

- naqd pul evaziga, vatanimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning qiymati banklarning kassalariga to‘langan holda;

- O‘zbekiston Respublikasi banklarining pul muomalasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish bo‘yicha Yo‘riqnomaning 34-bandiga muvofiq, fuqarolarning banklardagi omonat hisobraqamlaridan yoki plastik kartochkalari orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan, jismoniy shaxslarning hisobraqamga kiritilgan pul mablag‘lari hisobiga.

Avtomobillar bo‘yicha kafolatning shartlari

Kafolatning shartlari servis kitobchasida bayon etilgan.

«Avtomobil bo‘yicha kafolatning saqlanishi uchun Egasi «UZAUTO MOTORS AJ ning dilerlik markazida davriy xizmat ko‘rsatishdan o‘tishi shart: 

a) Neksiya, Spark, Matiz, Damas, Lasetti, Kobalt modellari uchun – birinchi texnik xizmat ko‘rsatish, qaysi biri avvalroq kelishiga qarab, 2000 km gacha yo‘l o‘tilganda yoki avtomobil sotib olingan sanasidan 3 oy o‘tganda o‘tkaziladi. Keyingi har bir 5000 km o‘tilgan yo‘l yoki har 3 oy oralig‘ida, qaysi biri avvalroq kelishiga qarab (7000 km, 12000 km, 17000 km va hokazo).

b) Kaptiva, Malibu, Orlando modellari uchun – birinchi texnik xizmat ko‘rsatish, qaysi biri avvalroq kelishiga qarab, 7500 km gacha yo‘l o‘tilganda yoki avtomobil sotib olingan sanasidan 6 oy o‘tganda o‘tkaziladi. Keyingi har bir 7500 km o‘tilgan yo‘l yoki har 6 oy oralig‘ida, qaysi biri avvalroq kelishiga qarab. (15000 km, 22500 km va hokazo)

Davriy xizmat ko‘rsatishdan o‘tish reglamenti buzilganda avtomobil bo‘yicha kafolat bekor qilinadi.

Rasmiy dilerlarning joylashuvi

Siz bu yerda bilishingiz, yoki (371) 141-77-77 telefon raqami orqali «UZAUTO MOTORS» AJ ning axborot markaziga qo‘ng‘iroq qilib, aniqlashingiz mumkin.

Kompaniya rahbariyatining qabul kunlari

Fuqarolarni qabul qilish har bir ish kunida soat 8:00 dan 11:00 gacha, «UZAUTO MOTORS» AJ ning bosh ofisi binosida o‘tkaziladi  (xona № 107). Batafsil axborotni bu yerda qarang https://uzautomotors.com/contacts/grafik_priyoma_spitsialnoy_rabochey_gruppoy

Kompaniya rekvizitlari

Pochta manzili: 100060, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 8-uy  hamda elektron manzili: info@uzautomotors.com

Mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarga servis va kafolat xizmat ko‘rsatish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Kafolat servis xizmat ko‘rsatish rasmiy dilerlik korxonalari tomonidan avtomobilning servis kitobchasida ko‘rsatilgan muddat ichida, kafolat xizmat ko‘rsatish reglamentining  asosida (almashtirilishi lozim bo‘gan detallar va xizmatlar) taqdim etiladi.

Bizning kompaniyamiz xaridorga, uning tomonidan sotib olingan avtomobil qat’iy sifat talablariga muvofiq ishlab chiqarilganligini kafolatlaydi. Shu sababli, kafolat mudati mobaynida rasmiy dilerlik markazi quyidagi shartlarga rioya qilinganda, to‘liq bepul tarzda detallar almashtirilishini va xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi:

Kafolat servis xizmat ko‘rsatish faqat rasmiy dilerlik korxonalari orqali sotilgan avtomobillar bo‘yicha taqdim etiladi. Kafolat servis xizmat ko‘rsatish normal sharoitlarda foydalaniladigan avtomobillar uchun, (qaysi biri avvalroq kelishiga qarab) avtomobilning mijoz tomonidan qabul qilinishi kunidan boshlab 12 oy davomida yoki probega avtomobilning 20 ming km lik o‘tilgan yo‘li  mobaynida taqdim etiladi. Kafolat servis xizmat ko‘rsatish faqat rasmiy dilerlik korxonalarida amalga oshiriladi.

Kafolat servis xizmat ko‘rsatish uchun buyurtmalar faqat avtomobilning kafolat servis xizmat ko‘rsatish kitobasi bilan birga qabul qilinadi. Kafolat servis xizmat ko‘rsatish davri mobaynida avtomobilning yangi egasi xudi shunday xizmat ko‘rsatish huquqlariga ega bo‘ladi. Buning uchun avtomobilni sotish paytida servis kitobchasini yangi egasining nomiga qayta rasmiylashtirish.

Avtomobil uchun to‘langan mablag‘ni qaytarish tartibini tushuntiring.

Avtomobillarni rasmiy dilerlik korxonalari orqali sotishda to‘langan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniyaning maxsus hisobraqamiga o‘tkaziladi, va to‘langan mablag‘ni qaytarish jarayoni ishlab chiqaruvchi kompaniyaga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlash lozim: Mijoz (jismoniy yoki yuridik shaxs) va rasmiy dilerlik korxonasi o‘rtasida avtomobilni yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha to‘langan mablag‘ni qaytarish yuzasidan ariza; belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to‘langan mablag‘ni solishtirish dalolatnomasi. Shuningdek, mijozning istagiga ko‘ra to‘langan mablag‘ning qaytarilishida, mijoz imzolangan avtomobilning oldi-sotdi shartnomasining 5.3-bandiga muvofiq jarima to‘lashi lozim. Barcha hujjatlar yig‘ilganidan keyin pul mablag‘larini qaytarish amalga oshiriladi. Avtomobilni yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan muddatlardan kechiktirilganda, ushbu jarima undirilmaydi.

Avtomobilni sotib olish uchun arizani berish tartibi qanday?

1. Shartnomani tuzish uchun, Mijoz Dilerga kelib murojaat qilishi, yoki Portal orqali elektron buyurtma berish yo‘li bilan murojaat qilishi mumkin.

2. Kelib murojaat qilganda, jismoniy shaxs bo‘lgan Mijoz dilerga quyidagilarni taqdim etadi:

• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti va soliq to‘lovchining identifikatsiyalash raqamining (STIR) nusxasi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun;

• chet el fuqarosining pasporti— chet el fuqarolari uchun;

• fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar  guvohnomasi — O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun;

• shaxsiy tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi to‘g‘risida guvohnoma — shaxsiy tadbirkorlar uchun.

3. Kelib murojaat qilganda, yuridik shaxs bo‘lgan Mijoz dilerga quyidagilarni taqdim etadi:

• avtomobil sotib olish istagi haqidagi yozma murojaat;

• yuridik shaxs rahbari pasportining nusxasi;

• yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi to‘g‘risida guvohnoma.

4. Diler, Mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosida, Portalda avtomobilni sotib olish uchun buyurtmani ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

5. Diler, buyurtma ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin, unga kiritilgan ro‘yxat ma’lumotlari asosida Portal tomonidan shakllantirilgan buyurtmani, avtomatik rejimda hosil qilinadigan buyurtmaning betakror identifikatsiyalash raqami va Mijozni Shartnomani tuzish uchun navbatga qo‘yish raqami ko‘rsatilgan holda, chop etadi.

Avtomobil uchun to‘lovlarning turlari

1. Avtomobillarni jismoniy shaxslarga sotish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- bank muassasalarining kassalariga naqd pul mablag‘larini topshirish yo‘li bilan;

- tijorat banklari tomonidan avtomobilni sotib olish uchun ajratiladigan iste’mol kreditlari hisobiga jismoniy shaxslarning omonat (depozit) yoki ssuda hisobraqamlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan.

- faqat xaridorning nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxsning plastik kartochkasi orqali.

2. Avtomobillarni yuridik shaxslarga sotish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- banklardagi ularning talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlaridan qonunchilik bilan belgilangan tartibda pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan;

- tijorat banklari tomonidan avtomobilni sotib olish uchun ajratiladigan kreditlar hisobiga yuridik shaxslar va shaxsi tadbirkorlarning ssuda hisobraqamlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan.

Avtomobilni yetkazib byerish muddatlari qanday?

Dastlabki to‘lovning belgilangan miqdori, yoki avtomobilning to‘liq qiymatining Ishlab chiqaruvchining bank hisobraqamiga kelib tushishi sanasidan boshlab avtomobilni yetkazib berish:

- 1 (bir) ish kuni - Dilerda (omborda) mavjud bo‘lgan avtomobil uchun;

- 60 (oltmish) ish kuni - Sanoat yig‘ish usuli bilan yig‘iladigan avtomobil uchun;

- 90 (to‘qson) ish kuni – Yirik tarmoqli yig‘ish usuli bilan yig‘iladigan avtomobil uchun;

- 120 (bir yuz yigirma) ish kuni - opsiyalarning standart to‘plamidan farqli, Mijozning tanloviga ko‘ra mumkin bo‘lgan opsiyalarning o‘zgartirilgan to‘plami bo‘lgan, Sanoat yig‘ish usuli bilan yig‘iladigan avtomobil uchun.

Avtomobillarni yetkazib berishning belgilanagn muddatlari buziolishi uchun, shuningdek boshqa shartlarning buzilishlari uchun dilerlik bitimlarida belgilangan choralar, to bitimlarni bekor qilishgacha, qo‘llanadi.