Rahbariyat tomonidan qabul qilish jadvali
Ariza beruvchi yoki murojaat qiluvchi fuqarolar uchun ma’lumot.
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, «UzAuto Motors» AJga ariza beruvchi yoki murojaat qiluvchi fuqarolar uchun quyidagi hujjatlar to‘plami zarur bo‘ladi:
1. Ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- arizachining haqiqiy yashash joyining to‘liq pochta manzili, ro‘yxatga olingan manzili, pochta indeksi ko‘rsatilgan holda;
- arizachining to‘liq familiyasi, ismi, otasining ismi va shaxsiy imzosi;
- sanasi.
2. Ro‘yxatga olingan manzili beti ko‘rsatilgan holda pasportning nusxasi.
«UzAuto Motors» AJning ish tartibi
Dushanba – juma: 09:00 – 18:00
Tushlik: 13:00 – 14:00
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
Avtomobillarni naqd pulsiz hisob-kitob orqali sotib olish to‘g‘risida xat yuboruvchi korxonalar va tashkilotlar uchun ma’lumot.
1. Xat tashkilot yoki korxonaning firma blankasida yozilgan bo‘lishi lozim.
2. Xatning o‘ng yuqori burchagida tashkilot yoki korxona murojaat qilayotgan «UzAuto Motors» AJ rahbarining lavozimi, familiyasi va ismi-sharifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
3. Xat matni ostida albatta tashkilot yoki korxona nomidan imzolovchi shaxsning lavozimi ko‘rsatiladi, uning shaxsiy imzosi qo‘yiladi va muhr bilan tasdiqlanadi.
4. Barcha bank rekvizitlari (hisob raqami, STIR, MFO, bank nomi) ko‘rsatiladi.
5. Pochta manzili va indeksi, shahar va uyali telefon raqamlari.
«UzAuto Motors» AJning ish tartibi
Dushanba – juma: 09:00 – 18:00
Tushlik: 13:00 – 14:00
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
Manzil: Toshkent sh., Mirobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 13A uy
E-mail: info@uzautomotors.com
Avtobus №: 1, 19, 38, 51, 67, 85
Rahbarlarga og‘zaki murojaat qilish bo‘yicha qabul jadvali
| F.I.Sh. | Lavozimi | Sana | Vaqti |
|---|---|---|---|
| Bastamkulov Odiljon Bastamkulovich | «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi | Har chorshanba | 16:00 – 17:00 |