Yangi avtomobil bo‘yicha kafolat

Ishlab chiqaruvchi avtomobilning to'liq, uning barcha qismlari, tarkibiy qismlari va agregatlarining ishonchli ishlashini kafolatlaydi, shuningdek Ishlab chiqaruvchining aybi tufayli kafolat muddati mobaynida ishlamay qolsa, ularni bepul ta'mirlab beradi, agarda avtomobil egasi Avtomobildan foydalanish qo'llanmasida hamda Texnik xizmat ko'rsatish reglamentida ko'rsatib o'tilgan foydalanish va parvarishlar qoidalariga amal qilgan bo'lsa.

Kafolat majburiyatlari vakolatli dilerlar tomonidan amalga oshiriladi. Kafolat bo'yicha shikoyatlar ko'rib chiqilishi uchun darhol vakolatlangan dilerga xabar berilishi kerak. Dilerga avtomobil bilan birgalikda mazkur (avtomobilni sotib birinchi ro'yxatga olgan vakolatlangan diler tomonidan to'ldirilgan, imzolangan va muhrlangan) Servis kitobchasi taqdim qilinishi lozim.

Kafolat muddati davomida nosozliklarni bartaraf etish jarayonida, vakolatlangan diler avtomobilning soz holatini tiklaydi. Asosiy kafolat bo'yicha ta'mirlash ishi nosoz bo'lgan qismlarni ta'mirlash yoki almashtirish bilan cheklanadi. Texnik nosoz bo'lgan avtomobildan foydalanish natijasida avtomobilning nosozligi yoki buzilishi bilan bog'liq bo'lgan barcha xavflar Avtomobilning egasiga yuklanadi. Kafolat davrida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bajarilganda, faqat vakolatlangan dilerlardan sotib olingan firmaviy, asl ehtiyot qismlaridan foydalanish lozim.


*Tabiiy turdagi eskirish – atrof muhitning normal ta'siri yoki eskirish natijasida detal (tarmoq yoki agregat) yaroqliligining kamayishidir. Detal (tarmoq yoki agregat) eskirishi tezligi va xizmat qilish muddati, detaldan (tarmoq yoki agregatdan) foydalanish sharoitlariga va xususiyatlariga (yuklanishlar va ularning xususiyatlari, harorat va namligi, ekologik vaziyati va hokazo), shuningdek detal yasalgan materialiga, ushbu kitobchada va avtomobilning Foydalanish qo'llanmasida bayon etilgan avtomobildan foydalanish qoidalari va shartlariga o'z vaqtida va to'liq rioya qilinishiga bog'liq bo'ladi.