Servis xizmat ko‘rsatish

Servis xizmat ko‘rsatish

Avtomobildan tejamkor va xavfsiz foydalanish, va uni yaxshi holatida saqlab turish uchun, avtomobilga texnik xizmat ko'rsatilishi belgilangan davriylikda bajarilishi kerak.

Texnik xizmat ko`rsatishning bajarilishi servis kitobchasidagi yozuv bilan tasdiqlanadi. Uning sanasi va o`tilgan yo`l texnik xizmat ko`rsatish stansiyasining muhri va imzo bilan tasdiqlanadi. Texnik xizmat ko`rsatishdan tasdiqlangan holda o`tish kafolat majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bajarilishining majburiy sharti bo`lib, avtomobilning sotilishida hisobga olinadi, shuning uchun servis kitobchasi to`g`ri to`ldirilishini nazorat qiling.

Image Title

Foydalanishning og`ir sharoitlari


10 km dan kamroq qisqa masofaga tez-tez yurish;
Avtomobilnig uzoq vaqt turishi va/yoki avtomobilning past tezlik bilan tez-tez to'xtash rejimida yurishi;

Avtomobilni changi ko'p joyda boshqarish;

Avtomobilni tepalikli joylarda va tog'da boshqarish;

Tirkamani shatakka olish;
Avtomobilni shahar rejimida, atrof muhitning harorati 32°C va undan yuqori bo'lganda boshqarish;
Avtomobildan taksi yoki yuk tashish avtomobili sifatida foydalanish;
Atrof muhitning harorati 0°C dan past bo'lganda dvigatelni tez-tez ishga tushirish
Avtomobildan tegishlicha bo'lmagan xususiyatli yonilg\i bilan, yomon sifatli yonilg'i bilan va/yoki past oktan sonli yonilg'i bilan foydalanish.

OG’IR (EKSTREMAL) SHAROITLARIDA FOYDALANGANDAGI TALABLAR

Quyidagi sharoitlarda foydalanganda tez-tez texnik xizmat ko'rsatishni amalga oshiring.


Jamoat transporti, harbiy yoki tijorat transporti sifatida, shu jumladan:
Tez yordam mashinalari, politsiya va avariyaviy-qutqaruv xizmatlari.

Fuqaro transport vositalari, masalan harbiy maqsadlarda ishlatiladigan yengil yuk mashinalari va yo’ltanlamas avtomobillar.

Texnik yordam vositalari, masalan, bir avtomobilning tirkama va evakuator yoki doimiy ravishda tirkamalar yoki boshqa yuklarni tashish, buksirovka uchun ishlatiladigan transport vositalari.

Ko'pincha tijorat maqsadlarida foydalaniladigan avtomobillar, masalan, kuryerlik vositalari, xususiy xavfsizlik mashinalari yoki kun bo’yi 24 soat davomida ishlaydigan boshqa avtomobillar.
Havoda qum va chang ko'p bo'lgan joylarda, masalan, neft quvurlari va shunga o'xshash joylarda doimiy ravishda ishlatiladigan har qanday avtomobillar.
Avtomobildan muntazam ravishda 6 kmgacha bo'lgan qisqa masofalarga borib kelishda foydalanish.

Avtomobildan foydalanishning og`ir sharoitlarida texnik xizmat ko`rsatishning ba`zi amallari tez-tez,... oralig`ida o`tkazilishi lozim.

6 oy yoki
5000 km bosib o`tilgan masofa *
  • Modellar uchun:
  • Damas / Labo
6 oy yoki
7500 km bosib o`tilgan masofa *
  • Modellar uchun:
  • Lacetti
  • Cobalt
  • Nexia
  • Spark
  • Captiva
  • Malibu
  • Tracker
  • Equnox
  • Trailblazer
  • Traverse
  • Tahoe