Rivojlanish tarixi

Sana Voqea
2023 yil fevralChevrolet Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish.
2022 yil iyulChevrolet Tracker avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish.
2021 yilXorazm viloyati Pitnak shahridagi filialida yangi press tsexining ochilishi.
2021 yilOzarbayjonda Gadjigabul shahrida Chevrolet brendi ostidagi avtomobillar yig‘uvi yo‘lga qo‘yildi.
2020 yilAsakadagi “GM Uzbekistan” zavodi General Motors tomonidan BIQ III darajali sertifikatga muvofiq deb baholandi.
2020 yilQozog‘istonda Kostanay shahrida General Motors standartlariga muvofiq Chevrolet brendi ostida avtomobillar yig‘uvi boshlandi.
2020 yil“UzAuto Motors” AJ zavodlarida yil davomida rekord miqdordagi avtomobil ishlab chiqarildi – 280 ming dona.
2019 yilQozog‘istonda Almata shahrida Ravon Nexia R3 avtomobilining rasmiy taqdimoti.
2019 yilTrade-In tizimi orqali eski avtomobilni yangisiga qo‘shimcha to‘lov bilan almashtirish imkonini beruvchi “UzAuto Motors Service Trade-In Center” servis va savdo markazi ochildi.
2019 yilKorxona milliy brend sifatida shakllantirilib, “UzAuto Motors” AJ deb nomlandi.
2018 yil"GM Uzbekistan" AJ O‘zbekistonda birinchi onlayn avtomobil xarid qilish platformasi – “UzAuto Savdo”ni ishga tushirdi.
2018 yilAsakadagi “GM Uzbekistan” zavodi "General Motors" tomonidan BIQ III darajali sertifikatga muvofiq deb baholandi.
2018 yil3 000 000-avtomobil ishlab chiqarildi.
2018 yilKorxona MXAS – avtomobillar va texnologiyalar ko‘rgazmasida qatnashdi.
2018 yilSKD usulida Tracker modeli ishlab chiqarishi boshlandi.
2018 yil dekabrNurafshon shahrida O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalon ochildi.
2018 yil dekabrChevrolet Tracker avtomobili taqdim etildi.
2018 yil mayGM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqarish jarayonlariga sifatni integratsiya qilganligini belgilovchi BIQ-III (Built-In Quality) sertifikatini qo‘lga kiritdi.
2017 yil mayQozog‘istondagi Kustanay shahrida T250 avtomobilini yig‘ish boshlandi.
2017 yil mayUzaytirilgan yuk bo‘limli Labo avtomobilini ishlab chiqarish boshlandi.
2017 yil aprelYangi, ikkinchi avlod Malibu avtomobilini ishlab chiqarishga tushirish.
2016 yil dekabrCobalt eksport avtomobillari “Era-Glonass” shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlandi.
2016 yil noyabrJ200 va M300 eksport avtomobillari “Era-Glonass” shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlandi.
2016 yil avgust–sentabrMoskva xalqaro avtosalonida ishtirok etish.
2016 yil iyulT250 eksport avtomobillari “Era-Glonass” shoshilinch javob berish tizimi bilan jihozlandi.
2016 yil iyunNeksiya (T250) avtomobilini ishlab chiqarish boshlandi.
2016 yil mayNeksiya (T250) avtomobilining taqdimoti.
2016 yil aprelCaptiva (SORP) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
2015 yil oktabrMoskva shahrida Ravon brendining taqdimoti.
2015 yil iyulLabo tijorat avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
2015 yil dekabrGBJ bilan Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
2014 yil martChevrolet Orlando avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
2014 yil yanvarPitnak shahrida «GM O‘zbekiston» filialining ochilishi.
2013 yil noyabrLacetti II (Gentra) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
2012 yil sentabrChevrolet Cobalt avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
2012 yil martChevrolet Malibu avtomobilini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
2011 yil sentabrYangilangan Chevrolet Captiva avtomobilini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
2011 yil aprel1 500 000-chi avtomobilining ishlab chiqarilishi.
2011 yil aprelSpark avtomobili «Shahar avtomobillari» nominatsiyasida «Rossiyada 2011 yil uchun yilning eng yaxshi avtomobili» bo‘ldi.
2010 yil avgustSpark avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
2008 yil noyabrBir millioninchi avtomobilining chiqarilishi.
2008 yil noyabrLacetti avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi.
2008 yil iyunNexia N150 avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
2008 yil mart«GM O‘zbekiston» qo‘shma korxonasining tuzilishi.
2007 yil dekabrEURO III motorlari bo‘lgan Nexia va Matiz avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanishi.
2007 yil oktabrTacuma, Epica va Captiva avtomobillarini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
2007 yil iyul750 000-nchi avtomobilining chiqarilishi.
2007 yil mayO‘zbekiston Respublikasi hukumati va GM Daewoo Auto&Technology o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan.
2006 yil fevralB100 o‘rniga Damas B150 avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
2005 yil oktabr500 000-nchi avtomobilining chiqarilishi.
2004 yil dekabrDvigatel hajmi 1,0 litr va avtomatik uzatmalar qutisi bo‘lgan Matiz Best avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
2004 yil iyunSifati, yetakchiligi, ilg‘or texnologiyalari va innovatsiyalari uchun “International Quality Summit - New York” xalqaro sovrinning qo‘lga kiritilishi.
2003 yil aprelSifat tizimining ISO 9001:2000 xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlanishi.
2003 yil avgustLacetti avtomobilini yirik tarmoqli yig‘ish boshlanishi.
2003 yil martMatiz avtomobili Rossiya Federatsiyasi bozorida «Yil avtomobili» nomiga sazovor bo‘ldi.
2002 yil avgustDOHC dvigateli bilan avtomobilni ishlab chiqarish boshlanishi.
2001 yil avgustMatiz avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
2001 yil may250 000-nchi avtomobilining chiqarilishi.
1999 yil dekabrSifat tizimining ISO 9001:1998 xalqaro standartga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlanishi.
1996 yil iyunTico va Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanishi.
1996 yil martDamas avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.
1994 yil iyunAsaka shahrida zavod qurilishining boshlanishi.
1993 yil mart«UzDEUavto» QKning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi.
1992 yil iyunPrezident I. Karimovning Koreyaga tashrifi va Daewoo Motor’ga tashrif buyurishi.