Chevrolet brendi haqida

Chevrolet

Chevrolet Logo

Avtomobilsozlikning ilk davrida mashinalarning yangi rusumlari ko‘pincha o‘z yaratuvchilarining nomlari bilan atalgan. Lekin Chevrolet rusumida boshqacha bo‘lgan. Shveysariyalik Lui Jozef Shevrole (Louis Joseph Chevrolet, 1878–1941) mashhur poygachi va mexanik bo‘lgan, lekin hech qachon uning nomi bilan atalgan firmaning egasi bo‘lmagan.

Lui Shevrole Shveysariyadagi Sho-de-Fond shaharchasida kambag‘al soatsozning yettita farzandidan biri edi. U 10 yoshga to‘lganda, uning oilasi tirikchilik ilojini izlab, Fransiyaga ko‘chib ketdi, bu yerda bola o‘rta maktabni tugatib, keyin Mors avtomobil firmasiga ishga kirdi. Bu yerda u avtomobillar bilan butun umrga qiziqib qoldi va ushbu firmaning rasmiy avtomobil poygachisiga aylandi.

Avtomobilsozlik va sportda ya’xshi malaka egallab olgan yigit Kanadaga, 1900 yilda esa — Amerika Qo‘shma Shtatlariga ketdi. Bu yerda u Fransiyaning Dion Bouton avtozavodining Amerikadagi vakili sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Lekin poygalar uni avtomobil biznesiga nisbatan ko‘proq qiziqtirgan.

Besh yil davomida Lui ketma-ket barcha mahalliy musobaqalarda ishtirok etgan, va 1905 yilda Amerikalik millioner Vanderbiltning kubogi uchun (Vanderbilt Cup) poyga o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Jasur va qat’iy poygachi Amerikaning sanoat arboblari diqqatini tortdi. Ularning ichida Uilyam Dyuran (William Durant) bo‘lgan edi, shu vaqtga kelib u bir qancha turli avtomobilsozlik kompaniyalarini General Motors umumiy nomi ostida jamlab ulgurgan edi. 1909 yilda Dyuran Buick kompaniyasining firmaviy poygachisi Lui Shevrole bo‘lishini taklif qildi. Shundan keyin Lui Shevrole mislsiz tezlikda mashhur bo‘lib, yuksala boshladi. 1909 yilda u birdaniga uchta muhim g‘alaba qozonib, Vanderbilt Cup musobaqasida faxriy 11-o‘rin egalladi. Birinchi Jahon urushigacha u Amerikaning eng yaxshit avtomobil poygachilari sirasiga kirgan edi.

Detroyt shahrida 1911 yilda Chevrolet Motor Cars kompaniyasining tuzilishi General Motors hayotidagi qiyin davrga to‘g‘ri keldi. Uning rahbari — Uilyam Dyuran — zarar ko‘rayotgan avtomobil firmalarini o‘ylamay sotib olib, kompaniyani bankrotlik bo‘sag‘asiga olib keldi. Bundan tashqari, u qimmatli qog‘ozlar bilan birja o‘yinlarida pul yo‘qota boshladi, shu sababli bankirlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Ular General Motors kompaniyasiga 15 million dollarni kiritishga va’da berdi, lekin shart qo‘yishdi — Uilyam Dyuran uning rahbari lavozimidan ketishi kerak. Lekin u ushbu kompaniyaga rahbarlik qilishni yana egallab olish umididan voz kechmagan.

Uddaburon Dyuran mashhur sportchining nomidan foydalanib, biznes qilmoqchi bo‘ldi. 1911 yilda u Luiga vaqtincha poygani tashlab, o‘z avtomobilini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishni taklif qildi, u esa rozi bo‘ldi. Yangi avtomobilnig loyihasini General Motors mutaxassislari ishlab chiqdi, Dyuran loyihaga katta pul kiritib, Shevrole esa ko‘pchilik amerikaliklarga yaxshi ma’lum bo‘lgan o‘z nomini mashinaga baxsh etdi. Va uning nomi kelajak muvaffaqiyatning garovi bo‘ldi. Shu tariqa, 1911 yil 3 noyabr kuni eng mashhur avtomobil rusumlaridan biri — Chevrolet yaratildi.

Firmaviy belgisi kompaniyada ozgina keyinroq — 1914 yilda paydo bo‘lgan. Aytilishicha, mashhur «krest» yoki, ba’zilar aytishicha, «kapalak-galstuk», aslida yosh Dyuran 1908 yilda vaqtincha yashagan Parijdagi mehmonxonaning gulqog‘ozidan bir bo‘lak bo‘lgan edi. Bu gulqog‘oz bo‘lagini o‘z hamyonida esdalik sifatida saqlab qolgan yigit uni Amerikaga olib keldi, va uni do‘stlariga ko‘rsatib, tushuntirdi: «Avtomobilning emblemasi shunday bo‘lishi kerak — u unga cheksizlik sari harakatlanishga yordam beradi».

Haqiqatan, Chevrolet emblemasi reklama biznesida eng ko‘p rivojlantirilgan va qudratli ramzlardan biriga aylandi. O‘zining hayoti davomida bu rusum xaridorlar moyilligiga va mutaxassislar e’tirof etishiga musharraf, uning avtomobillari tarixning bir qismiga aylangan deb bo‘lmaydi — ularning o‘zi ham tarixning bir ifodalanishi, Amerika hamda Aamerika avtomobilsozligining haligacha tirik ramzi hisoblanadi.