Nazorat ko‘rigi (avtomobilning egasi tomonidan o‘tkaziladi)

Nazorat ko‘rigi (avtomobilning egasi tomonidan o‘tkaziladi)

Nazorat ko‘rigi avtomobilning egasi tomonidan yo‘lga tushishdan avval. Va uzoq safarlarning paytida o‘tkaziladi. Uzoq safarlarning paytida, quyida ko‘rsatilgan ishlarni kamida, har bir 500 km yo‘l o‘tilganidan keyin bajarilishi kerak:

I. Tashqi ko‘rik

1. Shinalardagi havoning bosimini va shinalarda shikastlanish izlarining yo‘qligini tekshiring;

2. G‘ildiraklarni mahkamlash boltlarining mustahkam tortilganligini tekshiring;

3. Jihozlanish va signalizatsiya asboblarining sozligini tekshiring;

4. Moy, sovituvchi suyuqlik, yonilg‘i va tormoz suyuqligining oqishi izlarining yo‘qligini tekshiring.

Image Title

II. Ichki KO‘RIK

1. Lyuftning kattaligini va rul g‘ildiragining mahkamlanishini tekshiring tekshiring;

2. To‘xtatib turish tormozi dastagining yurishi kattaligini tekshiring;

3. Ovozli signal, old oynaning oyna tozalagichlari va burilish ko‘rsatkichlarining sozligini tekshiring;

4. Avariyali yorug‘lik signalizatsiyasining sozligini tekshiring (bunda o‘t oldirish qulfidagi kalit I holatida bo‘lishi lozim);

5. Asboblar panelida joylashgan nazorat-o‘lchov asboblarining sozligini tekshiring.

6. Bakdagi yonilg‘ining sathini ko‘rsatkichiga qarab tekshiring.

7. Orqa ko‘rish oynalarining sozlanishini tekshiring, zarur bo‘lganda sozlanishini amalga oshiring.

8. Eshik qulflarini bloklash mexanizmlarining sozligini tekshiring.

9. Ilashish muftasi pedalining erkin yurishi kattaligini, pedalning boshlang‘ich holatini va ilashish muftasini boshqarish yuritgichining ishlashini tekshiring..

Image Title

III. Motor bo‘limi

1. Motordagi moyning sathini tekshiring;

2. Kengaytirish bakidagi sovituvchi suyuqlikning sathini tekshiring;

3. Akkumulyator batareyasining holatini tekshiring;

4. Oyna tozalagichning bakidagi suyuqlikning sathini tekshiring;

5. Asosiy tormoz silindri va ilashish muftasining gidroyuritgichi bakidagi ish suyuqligining sathini tekshiring;

6. Rul boshqaruvi gidrokuchaytirgichining bakidagi ish suyuqligining sathini tekshiring.

Image Title