Kafolat huquqining yo‘qotilishi
- Avtomobilga tavsiya etilgan yonilg‘idan farqli yonilg‘i quyiladigan bo‘lsa, va undan foydalanilsa (Foydalanish qo‘llmasida Tavsiya etilgan yonilg‘i bo‘limiga qarang);
- Avtomobil Foydalanish qo‘llanmasida va Servis kitobchasida ko‘rsatilgan barcha muntazam ko‘riklardan va reglamentdagi texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘z vaqtida o‘tmaydigan bo‘lsa, yoki agar ushbu ishlar vakolatlangan diler bo‘lmagan shaxs tomonidan bajarilsa;
- Nosozlik avtomobildan tegishli bo‘lmagan foydalanish, avariya, avtomobilning konstruksiyasiga o‘zgartirishlarni kiritish yoki unga qo‘shimcha jihoz-uskunalarning o‘rnatilishi, Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’qullanmagan avtomobilga qo‘shimcha ishlov berilishi yoki qo‘shimcha jihozlanishi tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilmagan avtomobilning elektron moslamalarining dasturiy ta’minotini almashtirish yoki o‘zgartirish ham kafolatning cheklanishiga olib keladi. (Agar nosozlik yuqoridagi holatlarga tegishli bo‘lsa, kafolat avtomobilning yuqorida ko‘rsatilgan harakatlar ta’sir ko‘rsatgan qismi uchun bekor qilinadi.)
-Avtomobil poyga yoki sport musobaqalari uchun, yoki avtomobilni boshqarishga o‘rgatish uchun foydalaniladigan bo‘lsa.
- Nosozlik tabiiy ofat yoki boshqa yengib bo‘lmas kuchdagi holatlarning (fors-major holatlarining) oqibati bo‘lsa.
- Avtomobilning identifikatsiyalash raqamini (VIN) va/yoki motorning raqamini aniqlash mumkin bo‘lmasa, yoki ular Servis kitobchasida ko‘rsatilgan raqamlarga mos kelmasa.
Kafolat majburiyatlari quyidagi holatlarga taalluqli bo‘lmaydi: teshib o‘tuvchi mexanik shikastlanish, tabiiy eskirish yoki tashqi mexanik va/yoki kimyoviy ta’sirlar tufayli shikastlanish. (Masalan, organik, hayvon yoki organik o‘simlik kelib chiqishdagi materiallarning ta’siri ostida, yo‘l shag‘ali, qum, sanoat ifloslanishi ta’sirida, va hokazo)