Kafolatning shartlari

1. Mazkur kafolat avtomobilning Egasi tomonidan qabul qilinishi kunidan boshlab 36 oy davomida, ushbu davr ichida o‘tilgan yo‘l jami 100000 km o‘tilgan yo‘ldan oshmasligi, hamda avtomobilga ilova qilingan Foydalanish qo‘llanmasida bayon etilgan foydalanish va parvarish qilish qoidalariga qat’iy rioya qilinganligi sharti bilan amal qiladi.

2. Kafolat e’tirozi har qanday vakolatlangan dilerga darhol bildirilishi lozim. Avtomobil bilan birgalikda, dilerga (birinchi ro‘yxatdan o‘tishda vakolatlangan, avtomobilni sotgan diler tomonidan to‘ldirilgan, imzolangan va muhri qo‘yilgan) Servis kitobchasi taqdim etilishi lozim. Nosozliklarni bartaraf etish, ta’mirlash va davriy texnik xizmat ko‘rsatish uchun avtomobilning Egasi o‘z davlatidagi har qanday vakolatlangan dilerga murojaat qilishi mumkin..

3. Kafolatning shartlari amaldagi va bo‘lg‘usi qonunchilikka muvofiq qo‘llanishi kerak. Kafolat e’tirozining qabul qilinishi sharti: to‘g‘ri to‘ldirilgan Servis kitobchasining taqdim etilishidir. Kafolat davrida nosozlikni bartaraf etish jarayonida, vakolatlangan diler avtomobilning soz holatini tiklaydi. Asosiy kafolat ta’mrlanishi nosoz bo‘lgan detalni ta’mirlash yoki almashtirish bilan cheklanadi. Nosozlikning belgilari aniqlanganda, avtomobilning Egasi vakolatlangan dilerga kafolat e’tirozi bilan darhol murojaat qilishi lozim.

Texnik nosoz bo‘lgan avtomobildan foydalanish natijasida yuzaga kelgan avtomobilning nosozliklari yoki buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xavf-xatarlar avtomobilning Egasiga yuklatiladi.

Kafolat ta’mirlashda o‘rnatilgan detallarga, umuman yangi avtomobil kabi, xuddi shunday kafolat taalluqli bo‘ladi (ya’ni kafolat bo‘yicha almashtirilgan detallar uchun kafolat davri avtomobil bo‘yicha kafolat tugaganda, tugaydi), 11 –bandida sanab o‘tilgan komponentlar (asosiy agregatlar) bundan istisno. Bepul almashtirilgan detallar vakolatlangan dilerda qoladi.

4. shinalarni ishlab chiqaruvchining kafolat majburiyatlari. Shinalar bo‘yicha kafolat to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish uchun, iltimos, shinalarning mahalliy distribyutoriga murojaat qiling.

5. Kafolat davrida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bajarilganda, faqat vakolatlangan dilerlardan sotib olingan firmaviy asl ehtiyot qismlari foydalanilishi lozim.

6. Kafolat e’tiroziga bo‘lgan huquq 1-bandida ko‘rsatilgan kafolat davri tugaganidan keyin o‘z kuchini yo‘qotadi.

Agar avtomobilning Egasi kafolat davri mobaynida aniqlangan nosozlik haqida e’tiroz bildirgan bo‘lsa, lekin bunday nosozliklar kafolat muddati tugaguncha bartaraf etilmagan bo‘lsa, bildirilgan nosozliklar bo‘yicha kafolat majburiyatlari, avtomobil bo‘yicha asosiy kafolat muddatining tugashi sanasidan boshlab 6 oydan oshmagan muddatga uzaytiriladi. Ushbu ko‘rsatilgan muddatda kafolat e’tirozini bildirish huquqini saqlab qolish uchun, diler “UzAuto Motors” AJ bilan muammoni tartibga solishning barcha mumkin bo‘lgan yo‘llarini ishlab chiqishi kerak. Muddati tugaganidan keyin ushbu e’tiroz bo‘yicha javobgarlik dilerga o‘tadi.

7. Kafolat e’tirozlari o‘z kuchini saqlab qoladi, agar:

- Avtomobilning Egasi avtomobildan Foydalanish qo‘llanmasiga muvofiq to‘g‘ri foydalanish talablariga rioya qilsa;

- Davriy texnik xizmat ko‘rsatishning barcha amallari ushbu Servis kitobchasiga muvofiq vakolatlangan diler tomonidan bajarilgan bo‘lsa;

- Ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amallar Servis kitobchasida qayd etilgan, va tegishli buyurtma-naryadlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa;

- Avtomobil vakolatlangan dilerga ta’mirlash uchun taqdim etilgan bo‘lsa.

8.Kafolat ta’mirlashning imkoni boricha qisqa muddatda bajarilishi.

9. Kafolat majburiyatlari doirasida avtomobilning:

- Motor;

- Uzatmalar qutisi kabi asosiy agregatlari almashtirilganda, almashtirilgan asosiy agregatlar bo‘yicha kafolat muddati umuman yangi avtomobil bo‘yicha kafolat davrining oxirigacha amal qiladi.

10. Kafolat davrida bajarilgan ta’mirlashni tasdiqlash sifatida, vakolatlangan dilerning buyurtma-naryadlari xizmat qiladi. Ushub hujjatlar Servis kitobchasiga ilova bo‘ladi. Kafolat ta’mirlanishi va odatdagi ta’mirlash Servis kitobchasida aniq va tushunarli qayd etilishi lozim.

11. Mazkur kafolat Egasining iqtisodiy yo‘qotishlarini va qo‘shimcha xarajatlarini qoplash bo‘yicha amal qilmaydi.

Bunday xarajatlar quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:

- Vaqtincha foydalana olmaslik;

- Avtomobildan foydalanish noqulayligini qoplash (shuningdek avtomobilni ijaraga olish xarajatlari);

- Avtomobilni saqlash xarajatlari;

- Vaqtni yoki foydani yo'qotganligini qoplash;

- Yashash, ovqatlanish xarajatlari va boshqa yo'l xarajatlari (evakuator xizmati).