Sotuv oldi ko'rigi

E'tibor bering

Sizga avtomobilni topshirishdan avval, diler ishlab chiqaruvchi zavodning standart yo‘riqnomalariga muvofiq, avtomobilning uzoq foydalanish muddati mobaynida buzilmagan holda foydalanishni kafolatlash uchun uning butlanishini va texnik holatini tekshiradi.

Foydalanish davrida yashirin nuqson aniqlansa, Diler Siz aniqlagan nuqsonni bartaraf etish maqsadida barcha choralarni ko‘rishi uchun darhol unga murojaat qiling.

Sotuvdan avvalgi ko‘rikning bo‘lmaganligi yoki uning sotuvdan avvalgi tayyorgarlikni o‘tkazish reglamentiga rioya qilinmagan holda o‘tkazilishi, hamda servis kitobchasida tegishli yozuvlarning yo‘qligi kafolat ta’mirlash huquqidan mahrum bo‘lishga olib keladi. Kafolatli foydalanish muddati davrida ta’mirlash uchun javobgarlik Sizga avtomobilni sotgan rasmiy dilerga yuklatiladi.

Diler sotishdan oldin tekshirib berishga majbur

Motor bo‘limi

Zarur bo‘lganda:

1. Sovutish suyuqligining sathi va zichligini, shuningdek sovutish tizimining germetikligini tekshiring;;

2. Akkumulyator batareyasining sozligini va holatini tekshiring, zarur bo'lganda zaryadlang;

3. Ilashish muftasi gidroyuritmasining va bosh tormoz silindrining bakidagi ish suyuqligining sathini tekshiring;

4. Oyna yuvish moslamasining bakidagi suyuqlik sathini tekshiring;;

5. Dvigatelda va uzatmalar qutisida moy sathini tekshiring;

6. Shamollatgich yuritmasi / o'zgaruvchan tok generatori/kuchaytirgichli rul yuritmasining tasmalari tarangligini tekshirish, zarur bo'lganda sozlash;

7. Dvigatel bo'linmasida elektr simlar, shlang va quvurlar to'g'ri o'rnatilganligini tekshirib turing va ularni harakatlanadigan va qiziydigan qismlardan xavfsiz masofada joylashtirish;

8. Avtomobil diagnostika tizimlarini diagnostika skanerlari bilan xato bor yo’qligini tekshiring;

BOSHQARUV ORGANLARI

Ishlashini tekshiring, va zarur bo‘lganda ularni sozlang:

1. Xavfsizlik tasmalari sozligini va holatini tekshiring (zarur bo'lganda sozlang);

2. O'rindiqlarni sozligini va holatini tekshiring (zarur bo'lganda sozlang);

3. To'xtab turish tormozi dastagining holati va sozligini tekshiring, zarur bo'lganda sozlang;

4. Tovush signalining ishlashini tekshiring;

5. Uzoqni va yaqinni yoritish faralarining, yonib-o'chib turuvchi yorug'lik signallarining ishlashini tekshirib ko'ring, zarur bo'lganda sozlang;

6. Orqa chiroqlar va davlat raqami belgisining yoritilishini tekshiring;

7. Asboblar paneli va signalizator chiroqlarining ishlashini tekshiring;

8. Salonni yoritish chirog'ining ishlashini barcha rejimlarda tekshiring;

9. Oyna tozalagichi va oyna yuvish moslamasining ishlashini tekshiring;

10. Ichki yoritkich plafoni;

10. Avtomobil to'plamida bo'lgan qo'shimcha jihozlar va anjomlar ishlashini tekshiring;

AVTOMOBIL YURISH QISMI

1. Shinalardagi havo bosimini tekshiring, zarur bo'lganda sozlang;

2. G'ildiraklar ishonchli mahkamlanganligini tekshiring, zarur bo'lganda kerakli tarzda mahkamlang;

3. Avtomobilning pastki qismini mahkamlanmagan va yetishmayotgan elementlar bor yo'qligini, shlang va quvurlarning to'g'ri o'rnatilganligini, yonilg'i va boshqa texnik suyuqliklarning sizib chiqmayotganligini tekshiring, zarur bo'lganda muammoni bartaraf eting.

Avtomobilning tashqi qismi

Tekshiring va zarur bo‘lganda sozlang:

1. Shinalarda havo bosimi;

2. G‘ildiraklarning boltlarini / gaykalarini tortib mustahkamlash kuchining momenti;

3. Avtomobilda suyuqliklarning oqib ketishi.

Yo‘lda sinovdan o‘tkazish

Zarur bo‘lganda quyidagilarning ishlashini tekshiring:

1. Biriktirilgan o't oldirish qulfi, eshik, kapot va yukxona qopqog'ining lo'kidonlari va qulflari;

2.Tormoz (ishchi va to'xtab turish tormozi);

3. Dvigatel va uzatmalar qutisi va ilashish muftasi;

4. Rul boshqaruvi va boshqariluvchanligi;

5. Oldi va orqa podveskalar;

6. Burilish ko'rsatkichlari va avariyali yorug'lik signalizatsiyasi tizimi;

7. Nazorat-o'lchov asboblari;

8. Shamollatish, isitish, va konditsioner tizimi;

9. Orqa oyna isitilishi;

10. Qo'shimcha jihozlar va anjomlar;

11. Avtomobilda hech qanday begona shovqin yo'qligini, shuningdek yoqilg'i, moy va suyuqliklar oqib ketmayotganligini tekshiring

Yakuniy ko‘rik o‘tkazish

1. Avtomobildan yorliqlarni olib tashlang (ko'rsatmalar va muofiqlik yorliqlaridan tashqari);

2. Salon qoplamalarini tekshiring va tozalang, avtomobilni yuving;

3. Butun lak-bo'yoq qoplamini tekshiring va zarur bo'lganda nuqsonlarni bartaraf eting;

4. Zaxira g'ildirakni va avtomobil asboblarini tekshiring;

5. Tashqi va ichki qismlarning yig'ilishi, o'rnatilishi va mahkamlanishi to'g'riligini tekshiring;

6. Kalitlarning raqamlarini yozib oling;

7. Texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mirlash qo'llanmasidagi axborotni to'ldiring (shu jumladan keying texnik xizmat ko'rsatish va motor moyini va filtrini almashtirish sanasi / o'tilgan yo'li yozuvlari).