Kompaniya haqida

Kompaniya nomi

«UZAUTO MOTORS» aksiyadorlik jamiyati

Zavod:

Umumiy maydoni – 72 ga. Ishlab chiqarish maydoni – 192 ming kv. m.

Andijon viloyati (Farg‘ona vodiysi), Asaka shahrida joylashgan.

Filiallari:

Toshkent shahrida, Xorazm viloyati, Pitnak shahri.

Ishlab chiqarish quvvati:

«UZAUTO MOTORS» AJ, Asaka shahri - 250 ming avtomobil.

«UZAUTO MOTORS» AJ filiali, Pitnak shahri – 40 ming avtomobil;

«UZAUTO MOTORS» AJ filial, Toshkent shahri – 10 ming avtomobil;

Mahsuloti:

Hozirgi paytda «UZAUTO MOTORS» AJ ning 3 ta ishlab chiqarish maydonchasida «Shevrole» (Chevrolet) va «Ravon» (Ravon) brendlari ostida avtomobillarning 10 modeli ishlab chiqariladi, jumladan, Matiz, Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra) modellari Asaka shahridagi asosiy ishlab chiqarish maydonida, Tracker, Malibu modellari Toshkent shahridagi filialda, Damas, Labo modellari Pitnak shahridagi filialda chiqariladi.

UZAUTO MOTORS yetkazib beruvchilari:

100 dan ortiq, shu jumladan sub-etkazib beruvchilar. Asosiylari — «Uz SeMyung», «Uz Koram», «Avtokomponent», «Uz Dong Yang», «Uz Xanvu», «Uz Dong Von Ko», «Uz Dong Ju Peynt», «Uz Tong Xong Ko», «Uz Chasis» va «Avtooyna».

Xodimlari:

«UZAUTO MOTORS» AJ xodimlarining soni 2019 yil 1 aprel oyiga kelib, 10 000 kishidan ortiq bo‘ldi.