Ishlab chiqaruvchining kafolat majburiyatlari amal qilmaydigan holatlar

- Avtomobilning Egasi vakolatlangan diler tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tish paytida aniqlangan nosozlikni bartaraf etish uchun choralar ko‘rmagan bo‘lsa, ta’mirlashni bajarish uchun murojaat qilmagan bo‘lsa yoki sifatsiz ta’mirlash bajarilgan bo‘lsa, yoki ta’mirlash vakolatlangan diler bo‘lmagan shaxs tomonidan bajarilgan bo‘lsa.

- Ta’mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatish dilerlar tarmog‘iga tegishli bo‘lmagan diler tomonidan bajarilgan bo‘lsa.

- Avtomobilda Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’qullanmagan detallar yoki anjomlar o‘rnatilgan bo‘lsa, yoki avtomobilga Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’qullanmagan quyidagi qo‘shimcha ishlov berilgan bo‘lsa, shu jumladan (lekin ular bilan cheklanmagan holda) korroziyaga qarshi ishlov berish, yoki avtomobilning tomidagi tuynuk, tirkamaning farkop moslamasi yoki konditsionirlash tizimi kabi anjom va uskunalar o‘rnatilishi.

- Foydalanish qo‘llanmasida keltirilgan foydalanish, parvarish qilish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tavsiyalar bajarilmagan bo‘lsa, yoki Servis kitobchasida sanab o‘tilgan muntazam tekshirishlar to‘liq bajarilmagan yoki tegishli tarzda tasdiqlanmagan bo‘lsa. Avtomobilning Egasi avtomobilni yetkazib berish paytida aniqlangan nuqsoni haqida, yoki undan keyinroq aniqlangan nuqsoni haqida darhol bildirmagan bo‘lsa, va aniqlangan nuqsonni bartaraf etish uchun vakolatlangan dilerga darhol murojaat qilmagan bo‘lsa.

- Avtomobilning Egasi Foydalanish qo‘llanmasida ko‘rsatilmagan, yoki tegishli sifatiga ega bo‘lmagan moylash materiallaridan, yonilg‘idan yoki boshqa texnik suyuqliklardan foydalangan bo‘lsa.

- Quyida sanab o'tilgan mashina tarkibiy qismlari uchun qisqa muddatli kafolat muddati belgilanadi:

- Qaysi biri avvalroq kelishiga qarab foydalanish masofasi 50 000 km dan oshmaganda, avtomobilni birinchi mijoz qabul qilgan kunidan boshlab 24 oydan ortiq bo'lmaganda:

  1. podveska qismlarining sharovoy sharnirlari;
  2. rezina metalli sharnirlar (saylent bloklar);
  3. dvigatel, transmissiya tayanchlari;
  4. kardan sharnirlari (krestovinlar).

 

-Qaysi biri avvalroq kelishiga qarab foydalanish masofasi 20 000 km dan oshmaganda, avtomobilni birinchi mijoz qabul qilgan kunidan boshlab 12 oydan ortiq bo'lmaganda:

  • 1. oldi va orqa podveska amortizatorlari;
  • 2. isitish va konditsioner tizimining qismlari (12 oy davomida yurilgan masofadan qat’iy nazar);
  • 3. ishlangan gazlarni chiqarish tizimi qismlari (katalitik neytralizatordan tashqari);
  • 4. barcha turdagi kislorod datchiklari;
  • 5. barcha turdagi troslar (to'xtab turish tormozi, ilashish muftasi, uzatmalarni o'zgartirish qutisi);
  • 6. oyna ko'targichlar, oyna tozalagichlar va ko'zgular mexanizmlari va yuritma elektro dvigatellari;
  • 7. kuzovning dekorativ qoplama qismlari (kuzov moldinglari, radiator panjarasi qoplamasi, turfa xildagi qoplamalar);
  • 8. alyumin quymalaridan tayyorlangan qismlarning lak-bo'yoq qoplamalari (tom yukxonasi shoxlari, ko'zgular, oynatozalagich dastaklari);
  • 9. yoqilg'i nasoslari, yoqilg'i sathi datchiklari va yoqilg'i va GBU tizimi forsunkalari (injektor);
  • 10. salon qoplamasi va ichki qoplama qismlari;
  • 11. audio qurilma;
  • 12. akkumulyator batareyalar;
  • 13. tebranish podshipniklari;
  • 14. teng burchak tezligi sharnirlari, orqa ko’prikning yarim o’qi va differentsiali;
  • 15. rul reykalari va nakonechniklari.

- Transport vositasining tabiiy turdagi eskirish ta’siriga moyil bo‘lgan o‘ziga xos tarkibiy qismlari (tarmoqlari va agregatlari) bo‘yicha*, avtomobilni birinchi xaridorga topshirish kunidan boshlab ko‘pi bilan 3 oy yoki 2500 km dan oshmagan o‘tilgan yo‘li davomida (qaysi biri avvalroq kelishiga qarab) kafolat muddati belgilanadi:

1. filtrlar;

2. tormoz kolodkalari;

3. tormoz disklari va barabanlari;

4. ilashish muftasining disklari (friksiyaviy va savatli);

5. ilashish muftasining disklari (friksiyaviy va savatli);

6. motorning osma agregatlarining yuritgich kamarlari;

7. oynalar;

8. oyna tozalagichlarning cho‘tkalari;

9. faralar, fonarlar va plafonlarning chiroqlari;

10. saqlagichlar;

11. o‘t oldirish kontaktlari;

12. salniklar;

13. shlanglar va qo‘shimcha naylar;

14. rezinali chang yig‘uvchilar, g‘iloflar va vtulkalar;

15. old oynaning va orqa oynaning yuvish moslamalari forsunkalari;

16. g‘ildirak disklari va dekorativ qalpoqlarining lak-bo‘yoq qoplamasi;

17. ishlangan gazlarning katalitik neytrallash moslamasi.

- Shikastlanish tashqi mexanik va/yoki kimyoviy ta’sir tufayli kelib chiqqan bo‘lsa (masalan, avariya, hayvon yoki o‘simlik materiallari, tuz, do‘l, bo‘ron, suv toshqini, yo‘l shag‘allari, qum, sanoat ifloslanishining ta’sir etishi).

- Yuqorida sanab o‘tilmagan, lekin yuqoridagi holatlarga o‘xshash bo‘lgan holatlarda.

- Odometrda ko‘rsatilayotgan o‘tilgan yo‘l o‘zgartirilgan bo‘lsa, yoki avtomobilning haqiqiy o‘tilgan yo‘lini uzil-kesil aniqlashning imkoni bo‘lmasa.