Yangiliklar

Hurmatli avtoixlosmandlar
2024-04-22 16:09:26 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov belgilangan muddatga qadar amalga oshirilmasa, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, muntazam kontraktatsiyaga qayta qoʻyib boriladi. 

Xaridorlarga Damas modeli uchun avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan hajmlar yana qayta taqdim etiladi. 23-aprel kuni soat 10:00 da mazkur hajm uchun ONLAYN kontraktatsiya ochiladi.

*AVTOMOBILLAR NARXI O‘ZGARISHSIZ QOLADI.

Damas avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz (https://savdo.uzavtosanoat.uz/) sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish  xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

+998-78-141-7777