Yangiliklar

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Qozog‘istonda Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasining ishga tushirilishiga start berishdi
2022-12-26 12:54:46 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog’iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Chevrolet Onix avtomobillarini kichik hajmdagi yig`ish usuli bilan ishlab chiqarish loyihasi bo’lgan qo’shma obyektlar qurilishini yo’lga qo’ydi. Loyihani ishga tushirish marosimi Qozog’iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning O’zbekistonga davlat tashrifi doirasida tantanali ravishda telemost formatida bo’lib o’tdi.

Qozog‘istonda Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi yiliga 30 000 dona mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradigan Allur avtomobil zavodi quvvatlarida amalga oshiriladi. Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev o‘z navbatida qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini tilab, ob’ektlar qurilishiga start berishdi.

Bu ikki davlatning yirik mashinasozlari o’rtasidagi o’zaro yaqindan hamkorligining birinchi yili emas,  bir necha yillardan buyon yaqindan hamkorlikning natijasida ular nafaqat o‘z malakalarini oshirib, balki O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini ham kengaytirishmoqda. Birgalikda rivojlanishning navbatdagi bosqichi o'zaro manfaatli hamkorlikning mustahkam poydevorini yaratgan ishonch va hamkorlikning tabiiy natijasi bo'ldi.

Avvalroq, UzAuto O‘zbekiston-Qozog‘iston mintaqalararo biznes-forumi doirasida 570 million AQSH dollarlik sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy shartnomalar, jumladan, ushbu loyihani moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzolagandi.