Yangiliklar
Bugun, 11-iyun kuni Andijon shahrida avtomobilsozlik va boshqa turli xil ishlab chiqarish sohalari uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o’z ishini boshladi. Yarmarka mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlash, viloyatning yirik sanoat tashkilotlari bilan mahalliy sanoat korxonalari o'rtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini yanada kengaytirishga qaratilgan.
UzAuto Motors AJ
Ikki kun davom etuvchi mazkur yarmarkada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, xususan viloyatning 140 dan ortiq tadbirkorlik subʼektlari vakillari oʼzlarining sanoat mahsulotlari bilan qatnashishmoqda. Uzauto Motors kompaniyasi barcha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari qatorida o'zining ichki va tashqi bozorlarda sotiladigan avtomobillarning barcha turlarini namoyish etmoqda. Shuningdek, kompaniya stendidan avtomobil ehtiyot qismlarining bir qancha turlari o'rin olgan.
UzAuto Motors AJ
Sanoat yarmarkasi doirasi ishtirokchilar bir-birlarining imkoniyatlari, taklif va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishishlari, hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borishlari, shuningdek, hamkorlik shartnomalarini imzolash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
UzAuto Motors AJ
UzAuto Motors AJ