Yangiliklar

UzAuto Motors’da yoshlar sport musobaqalari yakunlandi
2023-06-27 00:37:59 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Kuni kecha UzAuto Motors Asaka zavodida boshlangan yoshlar o’rtasidagi sport musobaqalarining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi.

 

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 20-22 iyun kunlari “Yoshlar kuni”ga bag’ishlab UzAuto Motors Asaka avtozavodida yosh xodimlar o’rtasida sportning armrestling, kibersport hamda “Vodiy Quiz” turlari bo’yicha sport musoboqalari reja-jadval asosida o’tkazildi. Rejaga muvofiq armrestling turi bo’yicha 50 nafar yosh xodimlardan uch vazn toifasida 11 nafari, kibersport yo’nalishida 5 nafar ishtirokchidan iborat 27 ta jamoadan 3 jamoa, intellektual oʻyinda esa 8 nafar xodimlardan iborat 17 ta jamoa finalda qatnashdi.

 

Final o’yini juda qizg’in va murosasiz, qiziqarli tarzda bo’lib o’tdi. Tomoshabinlar yorqin o’yinga guvoh bo’lishdi. 

"Bir so'z bilan aytganda, sport musobaqalari ko'plab yoshlarni bir maqsad ostida birlashtira oldi. Bu kabi tadbirlar esa sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga va yoshlar birdamligini mustahkamlashga xizmat qiladi."- deydi UzAuto Motors Xodimlar boshqaruvi direksiyasi bo'limi boshlig'i Jahongir Hamidov.

 

Qiziqarli bahs munozaralarga boy bo’lgan intellektual bellashuvda UzAuto Motors “Xarid boshqarmasi” xodimlaridan tashkil topgan “Direct” jamoasi mutloq g’oliblikni qo’lga kiritdi. Buxgalteriya hisobi bo’limi xodimlaridan tashkil topgan “Balans” jamoasi faxrli ikkinchi o’ringa munosib topilib, ta’minotchilar sifati va rivojlanish jamoasi uchinchi o’rinni egallashdi.

 

Shiddatli va murosasiz kibersport musobaqalarida “Counter-Strike” yo’nalishida Global xarid bo’limi jamoasi birinchi o’rinni, Komplayens xizmati jamoasi ikkinchi o’rinni, Muhandislik mahsulotlari jamoasi uchinchi o’rinni egallashdi.

 

Qizgʻin kurashda kechgan armrestling sport musobaqasida esa kompaniyaning eng kuchli xodimlari aniqlandi.

 

Shunday qilib, 65 kg gacha bo’lgan vazn toifasida:

1-o’rin: Foziljonov Abdulaziz (1-Presslash uchastkasi xodimi);

2-o’rin: Hakimov Jamshidbek (Ta’minot 2 boshqarmasi xodimi);

3-o'rin: Xolmuhammedov Muhammadrizo.

75+ kg gacha bo’lgan vazn toifasida:

1-o’rin: Bozorov Iqboljon (Yig’uv uchastkasi xodimi);

2-o’rin: Hamidjonov Shukurullo (Texnik xizmat ko’rsatish xodimi);

3-o’rin: Raxmitdinov Davronbek (Yig’uv uchastkasi xodimi).

85+ kg gacha bo’lgan vazn toifasida:

1-o’rin: Zaynutdinov Ibrohimjon (Yig’uv uchastkasi xodimi);

2-o’rin: Sotvoldiyev Jasurbek (1-liniyaning materiallar ta’minoti bo’linmasi xodimi);

3-o'rin: Isroilov Sarvarbek (Global ta’minot bo’limi xodimi).

Musobaqa sovrindorlarni taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.

 

Ma’lumot uchun: UzAuto Motors yoshlari o’rtasida sportning armrestling, kibersport bellashuvi hamda “Vodiy Quiz” intellektual o’yini Kompaniyaning xodimlarni boshqaruv direksiyasi va HR Business Partner bo'limi hamkorligida tashkil etildi.

UzAuto Motors ma’muriyati musobaqalarni o’tkazishda faol ishtirok etgan va amaliy yordam ko’rsatgan barcha xodimlarga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Shu bilan birga, yoshlarni yaqinlashib kelayotgan qo’shaloq bayram “Qurbon Hayit” va “Yoshlar kuni” bilan samimiy tabriklaydi. Ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.