Yangiliklar

TURBO DVIGATELLAR HAQIDAGI FAKTLAR
2021-10-20 03:16:40 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

ODDIY DVIGATEL BILAN TURBO DVIGATEL FARQI NIMADA?

Turbo dvigatellarda siqilgan gaz energiyasidan foydalaniladi, Turbo dvigatellar chiqindi gazlarining energiyasidan foydalanadilar, dvigatelga qo'shimcha ravishda yonilg'i aralashmasining yonishi uchun zarur bo'lgan havoni puflaydi. Bu dvigatel quvvatini oshirib, yonilg'i sarfini kamaytiradi. Turbo dvigatel yanada tejamkor va ekologik toza. Shu sabab oddiy dvigatellardan farqli o'laroq, kichik turbokompressor katta quvvatga ega. Turbo dvigatellar ishlab chiqarish juda murakkab shu bilan birga va samarali ishlashi uchun qimmat materiallarni talab qiladi. Shuning uchun ham turbo dvigatel uchun yuqori oktanli yoqilg’i va yuqori sifatli motor moyi kerak. Turbo dvigatellar alohida e’tibor talab qiladi, ularda xizmat ko’rsatish qimmatroq. 

TURBO DVIGATEL QACHON PAYDO BO’LDI?

1905-yilda shvetsariyalik muhandis Alfred Byuchi birinchi bor quvvatni 120% oshirish imkonini beradigan chiqindi gazlar yordamida havo pompalanadigan mexanizmni yaratdi. Bu voqea texnologiyalar hayotida turbonaduvning bosqichma-bosqich rivojlanishi va hayotga tadbiq etilishiga asos bo’ldi. 

QACHON VA QAYERDA TURBOTEXNOLOGIYALARDAN AVTOMOBILSOZLIKDA OMMAVIY FOYDALANILA BOSHLANDI?

1962-yilda Amerika bozorlarida birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan turbina bilan jihozlangan yengil avtomobil Chevrolet Corvair Monza bo’lgan. 70 yillarda Sport avtomobillari qisman Formula 1 da turbo dvigatellardan foydalanila boshlanganda turbokompressorlarning sezilarli o'sishidagi mashhurlikni olib keldi. “Turbo” pristavka modaga kira boshladi. 1977-yilda turbokompressorlar rivojlanishining yangi bosqichi Saab 99 Turbo avtomobillari ishlab chiqarilishi bo’ldi. Va undan keyin 1978-yilda ishlab chiqarilgan dizel turbo dvigatelli Mercedes-Benz 300 SD.

“UZAUTO MOTORS” AVTOMOBIL MODELLARI QATORIDA QANDAY TURBO DVIGATELLAR BOR? 

Hozirgi paytda “UzAuto Motors” ba’zi bir avtomobil modellariga bir qancha turbo dvigatellar o’rnatmoqda. 1.5 L turbo dvigatel bilan Chevrolet Malibu aralash siklda yoqilgʼi sarfi 100 km uchun 6/9 litrga 166 ot kuchi quvvatini beradi. Malibu 2 L turbo dvigatel modifikatsiyasi ham bor. 100 km uchun 8,5 litrni tashkil qilgan holda 253 ot kuchi quvvatini beradi.

Chevrolet Captiva 5 avtomobilida 1.5 L turbo dvigatel o’rnatilgan. Aralash siklda yoqilgʼi sarfi 100 km uchun 7/5 litrga 148 ot kuchi quvvatini beradi.

Chevrolet Traker 2 avtomobilida 1L turbo dvigatel modikatsiyasi mavjud. Ushbu uch silindrli “kichkintoy” aralash siklda yoqilg’i sarfi 100 km uchun 5.5 L bilan 125 ot kuchi quvvatini beradi.

TURBO DVIGATELLARNING KELAJAGI QANDAY? 

Turbo dvigatellar takomillashib rivojlanishda davom etmoqda va barcha kontingentlardagi avtomobil ishlab chiqaruvchilarning yangi modellar qatorini egallamoqda. Avvaliga ular Yevropa yo’llarini zabt etishdi. Yaponiya ichki bozorlarida anchadan buyon ommaviy ishlab chiqarilmoqda. So’nggi vaqtlarda Xitoy ommaviy tarzda turbo dvigatellarga o’tmoqda. 

Shunday ekan kelajakka kuchaytirilgan dvigatellar bilan. Agar, albatta, elektromobillar ular o’rnini egallashmasa!