Yangiliklar

UzAuto: “Avtomobilsozlik korxonalari Global Innovation Index'da mamlakat reytingini oshirishga hissa qo‘shmoqda”
2022-09-30 04:45:04 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Global Innovation Index’ning jahon reytingida mehnat unumdorligining o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistonning hayratlanarli 7-o‘rinni egallashi iqtisodiyot yetakchilarini ham chetlab o‘tmadi. Real sektordagi mehnat sharoitlarini tez-tez muhokama qilish fonida, eng nufuzli manbadan bunday yuqori baho hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. https://www.globalinnovationindex.org/

E’lon qilingan hisobot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston reytingga kiritilgan 132 davlat orasida 82-o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz 2015-yilda 122-o‘rindan joy olgan va shu tariqa yetti yil ichida birdaniga 40 pog‘onaga ko‘tarilgan. Reyting 81 ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, ularning ba’zilari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning eng yaxshi davlatlari qatoridan joy egallagan. Bu, masalan, mehnat unumdorligi (7-oʻrin), tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash (22-oʻrin), universitetlar va ishlab chiqarish oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik (29-oʻrin) va boshqa bir qator koʻrsatkichlarga taalluqlidir.

“Bugun muhtaram Prezidentimiz tomonidan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining eng muhim maqsadlaridan biri sifatida belgilab berilgan Global Innovation Index yillik natijalari sarhisob qilindi. UzAuto uchun biznesni qo‘llab-quvvatlash siyosati, universitetlar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik kabi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha mamlakatimiz ishonchli tarzda dunyoning 30taligidan joy olgan, mehnat unumdorligining o‘sishi bo‘yicha esa jahon reytingida 7-o‘rinni egallab turibdi. Ishonch bilan ayta olamanki, bu ko‘rsatkichda avtomobilsozlik sanoatining hissasi yirik”, – dedi voqeani sharhlar ekan “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov.

Global Innovation Index AQShning Kornel universiteti, Fransiyaning INSEAD biznes maktabi va Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tadqiqotdir. U 81 ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida joylashgan mamlakatlarning innovatsion rivojlanishini tavsiflaydi. Reyting Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2019-yilning 19-dekabrida qabul qilingan Barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiyalar bo‘yicha rezolyutsiyada qayd etilgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibroxim Abduraxmonov: “2022-yilgi hisobot “Innovatsion rivojlanish kelajagi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu biz uchun alohida ahamiyatga ega, chunki respublikada amalga oshirilayotgan barcha islohot va o‘zgartirishlar jamiyatni kelajakda rivojlantirishga qaratilgan. Bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston nafaqat makromintaqa, balki jahon miqyosida ham yetakchi o‘rinlarni egallab turibdi. Misol tariqasida fan va muhandislik yo‘nalishlaridagi bitiruvchilar sonining dinamikasini keltirish mumkin, biz hayratlanarli tarzda dunyoda oltinchi bo‘ldik. Bunday misollar ko‘p va biz ularning yanada ko‘p bo‘lishini ta’minlashga harakat qilishni rejalashtirmoqdamiz”.