Odiljon Bastamkulovich Bastamkulov
Tarjimai hol
Millati: O'zbek
Lavozim:
"UzAuto Motors" AJ Bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi
Ta'lim:
- 2003-yilda Toshkent davlat Agrar universitetini tamomlagan.
- 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Tajriba:
- 2005-2007 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, qurilish sanoati va qurilish kompleksi bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
- 2007-2009 yy. – Buyuk Britaniya Linkoln kolleji tinglovchisi.
- 2010-2014 yy. – “MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK servis departamenti extiyot qismlari bo‘linmasi menejeri, servis departamenti direktori, xo‘jalik departamenti direktori.
- 2014-2018 yy. – “O‘zavtosanoat” AJ ishlarni boshqarish, xo‘jalik va hujjatlar ijrosi nazorati boshqarmasi boshlig‘i.
- 2019-2020 yy. - “MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK Bosh direktorning maxalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.
- 2020-2021 yy. - “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” MChJ QK Bosh direktorning mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, sotuv, servis va marketing bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari.
- 2021-2022 yy. - “Avtooyna” MChJ Bosh direktorning innovatsiya va rivojlantirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.
- 2022-2024 yy. - “Avtooyna” MChJ Bosh direktori.
- 2024-2024 yy. - “UzAuto Motors” AJ xarid qilish bo‘yicha boshqaruvchi direktori.
- 2024-2025 yy. - “UzAuto Motors” AJ ijrochi direktori.
- 2025 y. - h.v. - “UzAuto Motors” AJ Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.