Yangiliklar

“UzAuto Motors” malakali kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilmoqda
2022-09-08 17:11:11 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

“UzAuto Motors” AJ malakali kadrlarni ishga jalb etish maqsadida, joriy yilning 17-avgust kuni “uzautojobs.uz” portalida tanlov e’lon qildi.

Ma’lumot o’rnida:  Kompaniya xodimlarni jalb qilishning shaffofligini ta’minlash, inson omilini kamaytirish va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida, ishga malakali mutaxassislarni qidirish, jalb qilish va tanlash, nomzodlarni suhbat yohud tanlov asosida ishga qabul qilish uchun “uzautojobs.uz” yangi bo’sh ish o’rinlar portali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Bugungi kunda tanlovga jami 5 000 nafardan ziyod arizalar kelib tushdi. Nomzodlar tanlov asosida 4 bosqichda ishga qabul qilinadi. Bular: 1-bosqich test topshirish jarayoni bo’lib, bunda nomzodlarning bilim ko'nikmalari baholanadi. Testdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar 2-bosqich, ya’ni jismoniy tayyorgarlik sinovidan o’tkaziladi. Mashqlarda yaxshi natija ko’rsatgan nomzodlar, 3-bosqich – amaliy mashg’ulotlar bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishadi. Uchala bosqichdan ham yaxshi natijani qayd etgan nomzodlar bilan esa maxsus qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yakuniy suhbat jarayoni bo’lib o’tdi. Yakuniy suhbat natijasiga ko’ra, 500 nafarga yaqin nomzodlar ishga qabul qilindi.

Ayni kunda “uzautojobs.uz” portalida tanlovga hujjat topshirish davom etmoqda. Tanlovda ishtirok etish boʻyicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan maxsus elektron platformadagi soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar uzautojobs.uz saytiga murojaat qilishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqami:+99 8 78 141 77 77

Tanlovda qatnashing va oylik maoshi yaxshi, munosib ishga ega bo’ling!