Zavodga tur | Asaka avtomobil zavodi, Andijon viloyati

Asaka avtomobil zavodiga xush kelibsiz!

Andijon viloyati nafaqat madaniy va tarixiy joylari bilan mashhurdir, u yana O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Asaka avtomobil zavodi bilan nom taratgan. «UzAuto Motors» AJ avtomobil zavodi – sifat va ishonch timsolidir. Yuzlab insonlar bu ulkan zavodda avtomobillarni qanday yaratilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlarini xohlaydilar. Asaka avtomobil zavodi ana shu qiziqish va orzularni amalga oshirish uchun ekskursiyaga taklif etadi!!!

«UzAuto Motors» AJ ishlab chiqarish maydonlari Asaka (Andijon viloyati), Pitnak (Xorazm viloyati) va Toshkent (Toshkent viloyati) shaharlarida joylashgan.«UzAuto Motors» AJning Asaka shaxridagi ishlab chiqarish zavodi haqida qisqacha ma’lumot beradigan bo‘lsak: umumiy maydoni – 192 000 kv.m., ishlab chiqarish quvvati yiliga – 250 000 ta avtomobil, “Chevrolet” brendi asosida 4 xil modeldagi avtomobillar ishlab chiqariladi: Bular SPARK, NEXIA, COBALT hamda LACETTI (GENTRA).

Ekskursiya bevosita ishlab chiqarish zavodiga tashkil qilingan, jumladan Presslash, Payvayndlash va Yiguv tsexlariga. Avtomobillarimizni qanday yaratilishini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rish imkoniyatini o‘tkazib yubormang!!!!



Tashrif buyuruvchilar quyidagi «Korxonaga kirish tartib qoidalari»ga amal qilishlari lozim


Korxonaga qat’iyan spirtli ichimlik, portlovchi vositalar, yonuvchi moddalar, narkotik va psixotrop moddalar, o‘tkir, kesuvchi jismlar, turli foto, video va audio yozuvchi apparatlar olib kirish taqiqlanadi. Kiyinish (dresskod) xususida quyidagilarga amal qilinishi kerak: baland poshna, orqa qismi ochiq poyafzal va har xil kalta kiyimlar (short, yubka,) ta'qiqlanadi. Sumka, chamadon va boshqa buyumlar vaqtincha korxona nazorat punktida saqlash xonasida qoldiriladi.




Ekskursiya vaqtida tashrif buyuruvchilar korxona hududida texnik xavfsizligi qoidalariga toʼliq amal qilib, guruhdan ajralmagan holda ekskursovod bilan birgalikda harakat qilishlari kerak bo'ladi.





Ekskursiya 2 xaftada bir marta, xaftaning chorshanba kunida soat 10:00 dan 11:00 gacha boʼlib o'tadi. Ekskursiya sanasi va vaqti soʼrov yuborilgandan keyin, sizga qoʼshimcha ravishda xabar qilinadi. Ishlab chiqarish jadvali oʼzgargan taqdirda, tur bekor qilinib, qayta rejalashtirishi mumkin. Guruhda tashrif buyuruvchilar soni 10 kishidan kam boʼlmagan va 20 kishidan ortmagan holatda boʼladi. Texnika xavfsizlik qoidalarni tushuntirish ishlari bilan hisobga olinganda jami ekskursiya vaqti 1 soatni tashkil etadi.


Zavodga ekskursiya qilmoqchi boʼlsangiz anketani toʼldirib yuboring

Diqqat!!! Xozirda pandemiya tufayli vaqtinchalik zavodga ekskursiya to'xtatildi

Ma'lumot uchun (dushanba-juma 9:00 dan 17:00 gacha):      +99878 150 9043