Chevrolet Malibu XL
XARAKTERISTIKALAR
Yuk xona sig`imi l. | 520 L. |
Uzatish qutisi | AT9 |
Xavfsizlik | ABS |
Yonilg`i iste`moli Yonilg`i sarfi haqidagi ma`lumotlar qiyosiy berilgan, aslida yonilg`i sarfi ko`p hollarda avtomobilni boshqarish uslubi va ishlatishning boshqa tashqi omillarga bog`liq. Yonilg`ining haqiqiy sarfi ko`rsatilgandan farqlanishi mumkin. | T 8,6/7,2 L. |
Xavfsizlik yostiqchalari | 8 |
.
-
Tashqi ko`rinish
Chevrolet Malibu XL ning yangi avlodi ustida ishlagan dizaynerlar, modelning tashqi ko‘rinishiga ko‘proq agressivlik baxsh etishga intilgan. Yangi modeli avvalgi avlodlaridan farqli ravishda tashqi ko‘rinishining mutlaqo yangi shakliga ega. Bukiluvchan va egiluvchan chiziqlar borligi tufayli sedanning qiyofasi yanada ko‘proq jo‘shqinlikka ega bo‘lib, o‘ta yoqimli shakliga ega. Malibu ning oson tanib olish mumkin bo‘lgan firmaviy ikkitalik radiator panjarasi endilikda torroq shakldagi asosiy svetodiodli optika bilan jihozlangan. Kuzovning yon tomonlaridagi relefli bezaklari va orqa qismi ko‘p jihatdan Impala sedan modeliga o‘xshash, umuman olganda esa kuzovning ko‘pchilik elementlari afsonaviy Camaro modeliga o‘xshaydi, lekin bu faqat tashqi o‘xshashlikdir. Bunda kuzovning ayrim detallarini puxta ishlab chiqish hisobiga, a’lo aerodinamik ko‘rsatkichlarga erishishga muvaffaq bo‘ldik. O‘zbekiston bozorida avtomobil 4 xil rangda taklif qilinadi (oq marvarid, oq-kulrang, to‘q kulrang va qora ranglar).
-
Ichki ko`rinish
Ichki ko‘rinishining dizaynida a’lo sifatli materiallar foydalanilgan, buning hisobiga endilikda salon avvalgi avlodlarning modellari ichki ko‘rinishiga nisbatan ancha savlatliroq ko‘rinadi. Markaziy konsoldagi tugmalarning qulay minimal to‘plami bo‘lib, sedan yangi asboblar paneliga va rul g‘ildiragiga ega bo‘ldi. Markaziy konsolning o‘rtasida MyLink modelidagi ko‘ngil ochish-axborot majmuasining diagonali 7.0 dyuym o‘lchamidagi Touch Screen ekrani joylashgan. Haydovchi yaxshilangan, orqa va yoni tutib turiladigan keng o‘rindiqda joylashadi. Rul g‘ildiragi oldinga ko‘proq chiqarilgan bo‘lib, uning orqasida analogli datchiklari bo‘lgan bort kompyuteri joylashadi. Orqadagni yo‘lovchilar ko‘shimcha 33 mm hajmiga ega bo‘lib, shovqindan izolyatsiya qilingan holda har tomonlama qulay yurishdan lazzatlanishi mumkin.
Xavfsizlikni ta’minlash jihatidan Malibu ning yangi avlodini xarid qilganlarning hafsalasi pir bo‘lmaydi. Uning butlanishida 8 ta xavfsizlik yostiqchalari bo‘lib, teleskopik rul kolonkasi bor, xavfsizlik tizimi shuningdek nishablarda avtomatik tormoz berish, avtomatik kruiz-nazorat, trekshn-nazorat (sirg‘alishga qarshi nazorat) hamda oldingi va orqa datchiklari bo‘lgan to‘xtatishni osonlashtiruvchi tizimi kabi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
-
Texnik xususiyatlari
Dvigatel Malibu XL Slindirlar miqdori va joylashuvi qatorli, 4-silindrli, turbopurkagichli Ishchi hajm, sm3 2.0 Maksimal quvvat, o.k.(ayl/min) 174 / 233 (ayl/min) Maksimal buruvchi mament, Hm(min) 250 (2000-4000) (ayl/min) Uzatmalar quttisi Malibu XL Privat turi Old Uzatmalar quttisi turi 9 AUQ Ilgak Malibu XL Old Makferson tirgagi Orqa Mustaqil dastakli ilgak Siquvchi disk tizimi Malibu XL Old/Orqa siquvchi disk Diskli/Diskli O'lchamlari Malibu XL Uzunligi, mm 4923 Eni, mm 1854 Balandligi, mm 1473 G'ildirakli baza, mm 2830 Ichki hajm Malibu XL Yukxona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L 520 Og'irlik Malibu XL Ruxsat etilgan vazn, kg 1425 Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg 2100 Dinamika Malibu XL Maksimal tezlik, km/s 220 Tezlik 0-100 km/s, sekundiga 7 Yoqilg'i sarfi 2,0l. T LTG Shahar ichida, L 8,6 Shahar tashqarisida, L 7,2 Yoqilg'i turi АИ - 95 Yoqilg'i bak hajmi, L 60 -
Modifikatsiyalar
Модификация Описание комплектации Malibu XL Malibu XL кондиционер, люк электрический, автоматическая коробка передач, литой диск, антиблокировочная тормозная система, подушка безопасности со стороны водителя, отделка под дерево, дистанционное управление аудиосистемы руля, передние противотуманные фары, наружные боковые зеркала заднего вида с функцией обогрева и электрического управления, аудиосистема, дополнительные громкоговорители.