Chevrolet Cobalt
XARAKTERISTIKALAR
Yuk xona sig`imi l. | 563 L. |
Uzatish qutisi | MT5/AT6 |
Xavfsizlik | ABS |
Yonilg`i iste`moli Yonilg`i sarfi haqidagi ma`lumotlar qiyosiy berilgan, aslida yonilg`i sarfi ko`p hollarda avtomobilni boshqarish uslubi va ishlatishning boshqa tashqi omillarga bog`liq. Yonilg`ining haqiqiy sarfi ko`rsatilgandan farqlanishi mumkin. | 8.5/9.0 L. |
Xavfsizlik yostiqchalari | 2 |
Chevrolet Cobalt – GM korporatsiyasining Braziliyadagi bo‘limining dizaynerlari tomonidan GM kompaniyasining avtomobillarni ishlab chiqish standart global jarayonlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan oilaviy sedan modelidir. Cobalt modeli GM ning global guruhi tomonidan o‘z pog‘onasida jahon etaloniga aylanadigan va o‘sib rivojlanayotgan bozorlarda sotish bo‘yicha yetakchi bo‘la oladigan darajada ishlab chiqilgan. Chevrolet Cobalt qulaylik, nafislik va yuksak dinamik xususiyatlarni, hamda eskirmaydigan an’anaviy klassik dizayn qiyofasini o‘zida mujassamlashtiradi. A’lo xavfsizlikni ta’minlash uchun, o‘ta mustahkam po‘latdan ishlab chiqariladigan Chevrolet Cobalt rusumli avtomobil, ABS (antibloklash tormoz tizimi) bilan, hamda haydovchi va oldingi yo‘lovchi uchun xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.
-
Tashqi ko`rinish
Yo‘lda ahamiyatsiz narsalar bo‘lmaydi, shuning uchun Chevrolet Cobalt ning tashqi ko‘rinishi har bir detali bo‘yicha puxta o‘ylab chiqilgan. Masalan, yon oynalari orqani ko‘rish uchun keng manzarani ta’minlaydi, ichki qurilgan isitish tizimi esa hatto o‘ta sovuq paytida ham muzni erita oladi. Tumanga qarshi faralar eng yomon ob-havo bo‘lganda ham yo‘lni ko‘rsata oladi. Oldingi va orqa elektr oyna ko‘targichlar tufayli istalgan oynani faqat tugmani bosib turib, bir necha soniya ichida ochish va yopish mumkin. Savlatli tashqi ko‘rinishi bilan birga, nihoyatda keng saloni va hayratlantirarli darajada katta yukxonasi ham bor. O‘ziga xos uslubli 15-dyuymlik yengil aralashmadan yasalgan disklar va orqa bamperdagi xrom qoplangan molding Chevrolet Cobalt mashinasining dizaynini ajoyib to‘ldirib turadi.
Amaliyotga muvofiqlik, barcha kerakli funksiyalar va xususiyatlarning optimal mujassamlanishi tufayli Chevrolet Cobalt oila uchun a’lo avtomobilga, har qanday safarda, istalgan masofalarga yurishda o‘rni bosilmaydigan hamroh va ishonchli yordamchiga aylanadi.
-
Ichki ko`rinish
Siz Chevrolet Cobalt ning ichida birinchi bo‘lib yuksak baholaydigan jihat — kengligidir. Chevrolet kompaniyasining firmaviy konsepsiyasida salon — «ikkitalik kokpit» ham haydovchi uchun, ham yo‘lovchilarning har biri uchun qulaylik yaratadi. Chevrolet Cobalt ni yaratayotganda, bizning muhandislarimiz haydovchining o‘rni tashkil etilishiga alohida e’tibor berganlar: asosiy boshqarish paneli doimo qo‘l ostida, ichki ko‘rinishida esa foydali buyumlar uchun juda ko‘p qulay bo‘limlar va tokchalar ko‘zda tutilgan.
Chevrolet Cobalt oilaviy avtomobilining salonida beshtagacha kishi qulay joylashishi mumkin. Boshqarish paneli haydovchi va yo‘lovchilar uchun maksimal qulay tarzda joylashgan. Bu avtomobilda istalgan oilaviy sayohatning yoqimli va qiziqarli bo‘lishi uchun hamma narsa yaratilgan. Avtomobil orqada o‘tirgan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha havo naylari bilan jihozlangan, bu esa qish va yoz mavsumidagi eng nomaqbul sharoitlarida shinam iqlim yaratishga imkon beradi. Juda ko‘p foydali moslamalar Siz va yaqinlaringiz uchun xuddi o‘z uyidagidek bemalol joylashish imkonini beradi. Hatto yoritishning intensivligini ham aynan Sizga qulay darajagacha sozlash mumkin.
-
Texnik xususiyatlari
Dvigatel Slindir miqdori va joylashuvi 4 ta, Qatorda Ishchi hajm, sm3 1485 Maksimal quvvat, o.k. (ayl/min) 106 (5800) (ayl/min) Maksimal buruvchi moment, Hm (min) 134(4000) (ayl/min) Uzatmalar qutisi Privat turi Old Uzatmalar quttisi turi 5 MUQ / 6 AUQ Ilgak Old Makferson tirgagi Orqa Торсионная балка Siquvchi disk tizimi Old/Orqa siquvchi disk Diskli/Barabanli O'lchamlari Uzunligi, mm 4479 Eni, mm 1735 Balandligi, mm 1514 G'ildirakli baza, mm 2620 Eng kichik aylanib olish radiusi, mm 5000 Ichki hajm Yukhona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L 563 Og'irlik Ruxsat etigan vazn, kg 1097/1168 Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg 1590/1620 Dinamika Maksimal tezlik, km/s 169/170 Tezlik 0-100 km/s, sekindiga 11,7/12,6 Yoqilg'i sarfi Shahar ichida, L 8,4/10 Shahar tashqarisida, L 6,2/6,7 Yoqilg'i turi АИ - 91 Yoqilg'i bak hajmi, L 47 -
Modifikatsiyalar
Модификация Описание комплектации Cobalt (1,5 L) LT М/Т кондиционер, аудиосистема c bluetooth, USB порт, усиленные задние сидения, крепление детских сидений, подушка безопасности со стороны водителя и пассажира, антиблокировочная тормозная система , передние противотуманные фары , коннектор для обеспечения переднего освещения в дневное время, наружные зеркала заднего вида с дистанционным управлением, электропривод, со складыванием, цветное. LTZ A/T кондиционер, автоматическая коробка передач, аудиосистема c bluetooth, USB порт, усиленные задние сидения, крепление детских сидений, подушка безопасности со стороны водителя и пассажира, антиблокировочная тормозная система, передние противотуманные фары, коннектор для обеспечения переднего освещения в дневное время, литой диск, наружные ручки двери под цвет кузова, наружные зеркала заднего вида с функцией обогрева, с дистанционным управлением, электропривод, с ручным складыванием, цветное, хромированная решетка радиатора, хромированный молдинг заднего бампера.