Chevrolet Damas
XARAKTERISTIKALAR
![]() |
450 L. |
![]() |
MT5 |
![]() |
- |
![]() ![]() |
7.8/8.6 L. |
![]() |
- |
Damas – 0.8 litr hajmidagi, 38 ot kuchi quvvatidagi motori bo‘lgan besh eshikli tijorat maqsadidagi avtomobil. Uning zamirida doimo amaliyotga moslik va funksional uyg‘unlik bo‘lib, konstruksiyasi har qanday yo‘l sharoitida uzoq yillar davomida buzilishsiz ishlashini kafolatlaydi. Avtomobil ikkita modifikatsiya shaklida chiqariladi: yo‘lovchilar uchun, unda o‘rindiqlar uch qator qilib joylashtirilgan (2+3+2), va ikki o‘rindiqli yuk tashuvchi, furgon kuzovi bilan, yuk ko‘tarish qobiliyati 560 kg gacha. Yuritgichi orqa g‘ildiraklarga ulangan. Maksimal tezligi 100 km/soat. Belgilangan yonilg‘i sarflanishi 90 km/soat tezlikda 7,8 l/100km ga teng. Avtomobil tijorat yoki oilaviy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan. Shaharning tiqilinch sharoitida va zich transport oqimida, tez-tez to‘xtab, yuk tushirish va yuk ortish bilan yurish uchun bundan ham qulayroq bo‘lgan yuk tashuvchi avtomobilni topish qiyin.
-
Tashqi ko`rinish
Damas o‘lchamlari 3845x1400x1920 millimetr bo‘lib, bazasi – 1840 millimetr, ya’ni uning kuzovi baland bo‘lib, o‘ta keng emas, uzunligi ixchamdir. Shu sababli mashina burilishda barqaror bo‘lmaydi, degan xato tasavvur yuzaga kelishi mumkin, lekin aslida bunday emas. Avtomobil hatto baland yo‘l chetini bosganda, yoki tezligini kamaytirmay keskin burilishdan o‘tganda ham, ag‘darilib ketmaydi. Oldingi tirgaklar kichik og‘ish burchagiga ega, shuning uchun kapoti deyarli yo‘q. Katta faralari oval shakliga ega, keng bo‘lmagan bamperda tor burilish ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan. Yo‘lovchilar bo‘limiga eshiklar yoniga qarab ochiladi, orqa bo‘limida yana bitta tepaga ochiladigan eshik o‘rnatilgan.
-
Ichki ko`rinish
Damas ning ichki ko‘rinishi kulrang yoki to‘q rang mato bilan bezatiladi, saloni yetti kishini joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Yo‘lovchilar va haydovchi uchun alohida pechlar o‘rnatilgan. O‘rindiqlar ostida shaxsiy narsalarini joylashtirish uchun yetarlicha bo‘sh joy bor. Asboblar panelida tsiferblatlar va ko‘p sonli rangli indikatorlar birlashtirilgan. Unda konsol yo‘q, uning paneldagi joyini avtomagnitola, shamollatish, isitish sozlagichlari egallaydi.
-
Texnik xususiyatlari
Dvigatel Slindir miqdori va joylashuvi 3ta, Qatorida Ishchi hajm, sm3 796 Maksimal quvvat, o.k.(ayl/min) 38 (5000) (ayl/min) Maksimal buruvchi moment, Hm (min) 63 (3000) (ayl/min) Uzatmalar qutisi Privat turi Orqa Uzatmalar qutisi turi 5 MUQ Ilgak Old Makferson tirgak Orqa Barg kamoniga bog'liq Siquvchi disk tizimi Old/Orqa siquvchi disk Diskli/Barabanli O'lchamlari Uzunligi, mm 3845 Eni, mm 1400 Balandligi, mm 1920 G'ildirakli baza, mm 1840 Eng kichik aylanib olish radiusi, mm 4,3 Ichki hajm Yukhona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L 450 kg. Og'irlik Ruxsat etilgan vazn, kg 850 Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg 1360 Dinamika Maksimal tezlik, km/s 105 Tezlik 0-100 km/s, sekundiga 41 Yoqilg'i sarfi Shahar ichida, L 8,6 Shahar tashqarisida, L 7,8 Yoqilg'i turi AI - 91 Yoqilg'i bak hajmi, L 37 -
Modifikatsiyalar
Модификация Описание комплектации Damas DLX без кондиционера, декоративные боковые наклейки, аудиосистема VAN обивка сидений, 5-ступенчатая коробка передач, дистанционное открытие двери багажника
![](/images/uploads/018e6ba3d08884cb5a58b2bfc2ee0810.jpg)
![](/images/uploads/43e9fca717add22f02cb362196a42465.jpg)
![](/images/uploads/672ed73564d77ebf915ee7a47529b4bb.jpg)