Chevrolet Lacetti

XARAKTERISTIKALAR

Yuk xona sig`imi l. 405 L.
Uzatish qutisi MT5/AT6
Xavfsizlik ABS
Yonilg`i iste`moli Yonilg`i sarfi haqidagi ma`lumotlar qiyosiy berilgan, aslida yonilg`i sarfi ko`p hollarda avtomobilni boshqarish uslubi va ishlatishning boshqa tashqi omillarga bog`liq. Yonilg`ining haqiqiy sarfi ko`rsatilgandan farqlanishi mumkin. 8.5/9.5 L.
Xavfsizlik yostiqchalari 2

Agar Sizga mashinaning tashqi ko‘rinishi muhim bo‘lsa, Lacetti Sizga mos. Salobatli tashqi va ichki ko‘rinishi bo‘lgan ushbu avtomobilda har tomonlama mutanosiblik, silliq go‘zal shakli, ifodali chiziqlari uyg‘un mujassamlashgan. Lacetti ning ixcham uslubli zamonaviy salonida besh kishi qulay joylashadi. Asboblar paneli o‘z mutanosibligi va turli-tuman xillari bilan ajralib turadi. Xrom qoplangan elementlari va asboblarining joylashuvi puxta o‘ylab chiqilgan. Uning yurish xususiyatlari esa batafsil sinovdan o‘tkazilib, barkamol darajasiga yetkazilgan.

Lacetti kuzovining silliq zamonaviy dizayni — Pininfarina mashhur avtomobil atelesining yutug‘idir (Italiya). Bodomqovoq ko‘zni eslatuvchi oldingi faralari va uzun silliq chiziqli qiyofasi uning yoqimli jozibador ko‘rinishini hosil qiladi. Hashamatli dizayni va keng saloni bo‘lgan 4 eshikli Lacetti — oddiygina oilaviy sedan emas, bu amaliyotga mos bo‘lgan avtomobil nuqsonlarga ega bo‘lmasligini oshkora ko‘rsatuvchi a’lo mashinadir. U har tomonlama sifatning o‘zginasi bo‘lib, juda ko‘p qo‘shimcha funksiyalari va a’lo boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega.

Chevrolet Lacetti ГБО (CNG)

  • Tashqi ko`rinish

    Avtomobilning tashqi ko‘rinishini italiyalik mutaxassislar yaratgani tufayli, u juda kuchli taassurot tug‘diradi. Bu modelning asosiy xususiyati silliq, dumaloqlashuvchi chiziqlardir, ular tufayli mashina aslidagi holatiga nisbatan ancha kattaroq va keng hajmli bo‘lib ko‘rinadi. Bunda, uning tashqi ko‘rinishi ancha qimmat toifadagi avtomobillarga xos bo‘lgan jo‘shqinlik va ulug‘vorlik bor. Tashqi ko‘rinishining barcha detallari, 15-dyuymli disklardan tortib yon oynalarining o‘ziga xos shakligacha, a’lo sifati va Italiyaga xos nafisligi bilan ajralib turadi.

  • Ichki ko`rinish

    Chevrolet Lacetti ning ichki ko‘rinishi sodda ko‘rinuvchi hashamatdorligi bilan ajralib turadi. Bir xil rang tuslariga ega bo‘lgan sifatli bezatish materiallari shinam muhitni yaratadi, va salonning hajmini kengaytirib ko‘rsatadi. Barcha zarur boshqarish elementlari bo‘lgan oqilona jamlangan panel, teri qoplangan qulay rul, chiroq bilan yoritiladigan ichki bo‘limi, konditsioner, o‘ziga xos uslubda yasalgan spidometr – mashinaning a’lo butlanishi va jihozlanishining namoyon bo‘ladigan kichik bir qismidir.

    Safarda qulay yurish uchun avtomobil tirgak osti bokslari, tokchalar, axlat  tashlanadigan cho‘ntaklar va tagliklar bilan jihozlangan. Old oynasidan a’lo ko‘rish imkoniyati sababli unda yurish xavfsiz bo‘ladi, motorning shovqinsiz ishlashi va shovqindan yaxshi izolyatsiyasi esa unda yurishni yanada qulayroq qiladi.

  • Texnik xususiyatlari
    Dvigatel
    Slindir miqdori va joylashuvi 4 ta, Qatorda
    Ishchi hajm, sm3 1485
    Maksimal quvvat, o.k. (ayl/min) 107 при 5800 об/мин
    Maksimal buruvchi moment, Hm (min) 141(3800) (ayl/min)
    Uzatmalar qutisi
    Privat turi Old
    Uzatmalar quttisi turi 5 MUQ / 6 AUQ
    Ilgak
    Old Makferson tirgagi
    Orqa Mustaqil ko'p yo'nalishli
    Siquvchi disk tizimi
    Old/Orqa siquvchi disk Diskli/Barabanli
    O'lchamlari
    Uzunligi, mm 4515
    Eni, mm 1725
    Balandligi, mm 1445
    G'ildirakli baza, mm 2600
    Eng kichik aylanib olish radiusi, mm 5020
    Ichki hajm
    Yukhona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L 405/1225
    Og'irlik
    Ruxsat etigan vazn, kg 1245/1300
    Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg 1660/1680
    Dinamika
    Maksimal tezlik, km/s 180/179
    Tezlik 0-100 km/s, sekindiga 13/13,1
    Yoqilg'i sarfi
    Shahar ichida, L 8,5/10
    Shahar tashqarisida, L 7/7,5
    Yoqilg'i turi АИ - 91
    Yoqilg'i bak hajmi, L 60
  • Modifikatsiyalar
    Модификация Описание комплектации
    Lacetti (1,5 L)
    SX М/Т кондиционер, аудиосистема c bluetooth, антиблокировочная тормозная система, крепление детских сидений, стальной диск, подушка безопасности со стороны водителя и пассажира, передние противотуманные фары с функцией переднего освещения в дневное время суток, обогрев заднего салона.
    SX М/Т CNG кондиционер, аудиосистема c bluetooth, антиблокировочная тормозная система, натяжители ремней безопасности задних сидений, крепление детских сидений, стальной диск, газобаллонное оборудование, подушка безопасности со стороны водителя и пассажира, передние противотуманные фары с функцией переднего освещения в дневное время суток, обогрев заднего салона.
    CDX A/T Elegant Plus кондиционер, автоматическая коробка передач аудиосистема c bluetooth, антиблокировочная тормозная система, натяжители ремней безопасности задних сидений, крепление детских сидений, литой диск, подушка безопасности со стороны водителя и пассажира, дополнительные громкоговорители, дистанционное управление аудио системы руля, передние противотуманные фары с функцией переднего освещения в дневное время суток, наружные зеркала заднего вида с функцией обогрева, с дистанционным управлением, электропривод, с ручным складыванием, цветное, отделка частей интерьера черного цвета, люк электрический, функция контроля яркости освещения интерьера, кожаная отделка руля, обогрев сидений, обогрев лобового стекла, обогрев заднего салона.