Zavodga tur | Pitnak avtomobil zavodi, Xorazm viloyati

Xorazm viloyati avtomobil zavodiga xush kelibsiz!

Xorazm viloyati nafaqat madaniy va tarixiy joylari bilan mashhurdir, u yana Oʼrta Osiyoda yagona boʼlgan avtomobil zavodi filiali bilan nom taratgan.«UzAuto Motors» АJ avtomobil zavodi –sifat va ishonch timsolidir. Yuzlab insonlar avtomobillarni qanday yaratilishini oʼz koʼzlari bilan koʼrishlarini xohlaydilar.«UzAuto Motors» zavodi ana shu qiziqish va orzularni amalga oshirish uchun ekskursiyaga taklif etadi!!!

«UzAuto Motors» АJ ishlab chiqarish maydonlari Аsaka (Аndijon viloyati), va Pitnak (Xorazm viloyati) shaharlarida joylashgan. «UzAuto Motors» АJning Pitnak shaxridagi ishlab chiqarish zavodi haqida qisqacha maʼlumot beradigan boʼlsak: umumiy maydoni – 40,1 kv.m., ishlab chiqarish quvvati yiliga – 60 000ta avtomobilь, “Chevrolet” brendi asosida 2 xil modeldagi avtomobil ishlab chiqariladi: Damas va Labo.

Ekskursiya bevosita ishlab chiqarish zavodiga tashkil qilingan, jumladan Presslash, Payvayndlash va Yiguv tsexlariga.Аvtomobillarimizni qanday yaratilishini oʼz koʼzlaringiz bilan koʼrish imkoniyatini oʼtkazib yubormang!!!



Tashrif buyuruvchilar quyidagi «Korxonaga kirish tartib qoidalari»ga amal qilishlari lozim


Korxonaga qatʼiyan spirtli ichimlik, portlovchi vositalar, yonuvchi moddalar, narkotik va psixotrop moddalar, oʼtkir, kesuvchi jismlar, turli foto, video va audio yozuvchi apparatlar olib kirish taqiqlanadi. Sumka, chamadon va boshqa buyumlar vaqtincha korxona nazorat punktida, saqlash xonasida qoldiriladi. Kiyinish (dresskod) xususida quyidagilarga amal qilinishi kerak: baland poshna, orqa qismi ochiq poyafzal va har xil kalta kiyimlar (short, yubka,) ta'qiqlanadi. Bundan tashqari har bir tashrif buyuruvchi korxona hududiga kirganda taqdim etilgan rangli jiletni ekskursiya davomida kiyib yurishi tavsiya etiladi.




Tashrif buyuruvchilar fukaroligini tasdiqlovchi pasporti asosida korxona hududiga kiritiladi





Ekskursiya vaqtida tashrif buyuruvchilar korxona hududida texnika xavfsizligi qoidalariga toʼliq amal qilib, guruhdan ajramagan holda ekskursovod bilan birgalikda harakat qilishlari kerak bo'ladi. Ekskursiya 2 xaftada bir marta, xaftaning chorshanba kunida soat 10:00 dan 11:00 gacha boʼlib o'tadi. Ekskursiya sanasiva vaqti soʼrov yuborilgandan keyin, sizga qoʼshimcha ravishda xabar qilinadi. Ishlab chiqarish jadvali oʼzgargan taqdirda, tur bekor qilinib, qayta rejalashtirishi mumkin.Guruhda tashrif buyuruvchilar soni 10 kishidan kam boʼlmagan va 20 kishidan ortmagan holatda boʼladi. Texnika xavfsizlik qoidalarni tushuntirish ishlari bilan hisobga olinganda jami ekskursiya vaqti 1 soatni tashkil etadi.


Zavodga ekskursiya qilmoqchi boʼlsangiz anketani toʼldirib yuboring

Diqqat!!! Xozirda pandemiya tufayli vaqtinchalik zavodga ekskursiya to'xtatildi

Ma'lumot uchun (dushanba-juma 9:00 dan 17:00 gacha):      +99878 150 9089