Yangiliklar

Asakadagi UzAuto Motors zavodida yangi payvandlash tsexi ishga tushirildi
2021-01-29 17:41:18 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodida yangi zamonaviy payvandlash tsexi foydalanishga topshirildi. Bunday yuqori texnologik inshootni qurish birinchi marta o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan xorijiy ekspertlarni jalb qilinmasdan amalga oshirilib, qariyb 1 million dollar mablag‘ni iqtisod qilinishiga imkon berdi. Qo‘shimcha xarajatlarsiz va uzoq muddatga foydalanish uchun topshirilgan ushbu sex UzAuto Motors yosh mutaxassislar va ularning mashinasozlik sohasidagi innovatsion yutuqlari uchun platforma ekanligini ko‘rsatadi

Umumiy maydoni 7 628 m.kv. bo‘lgan payvandlash sexi Asaka shahridagi avtomobil zavodi hududa rekord darajada qisqa muddatda – 23 kun ichida tashkil etildi. Ushbu loyiha ish faoliyatida yangi texnologiyalarni – lazerli kavsharlash (lazernaya payka) va eshik choklarini germetizatsiya qilishni nazorat qiluvchi Vision tizimini joriy qilishga imkon berdi. Shuningdek, Turin politexnika universiteti mutaxassislari bilan hamkorlikda avtomobil eshiklari bo‘shlig‘ini nazorat qilish tizimi joriy etildi. Kuzov va detallarni yig‘ish liniyasiga yetkazish uchun Koreya Respublikasi ishlab chiqarilgan zamonaviy EMS LK Hoist panellarni tashish tizimi o‘zlashtirildi va boshqaruv paneli bilan masofadan turib ulanish jarayoni avtomatlashtirildi.

Yangi energiya tejash texnologiyalaridan foydalanish payvandlash sexida energiya sarfini optimallashtirishga imkon berdi – yangi lampalar va havo almashtirish tizimlarini energiya bilan taʼminlash uchun yangi sexning tomiga quyosh panellari o‘rnatildi, bu esa kunduzi isteʼmol qilinadigan elektr energiyasini sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

Yangi sexning ishlab chiqarish quvvatti 14 JPH tashkil etib, yiliga qo‘shimcha 60 000 dona avtomobil ishlab chiqarishga imkon beradi. Bundan tashqari, zavodda yangi sexning ishga tushirilishi 200 ta ish o‘rni yaratilishiga imkon berdi.

Yangi payvandlash sexining asosiy afzalliklaridan biri ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hisoblanadi.  Shunday qilib, endilikda yangi avtomobil modellarini joriy etish jarayoni ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga taʼsir qilmaydi, bu esa o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sonini ko‘paytirishga yordam beradi.