Yangiliklar

“AUTO TOUR DAY”: ishlab chiqarish jarayonidan ochiq muloqotgacha
09/10/2026 15:15 59 Yangiliklar
“AUTO TOUR DAY”: ishlab chiqarish jarayonidan ochiq muloqotgacha

“UzAuto Motors” AJning Asaka shahridagi zavodida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun “AUTO TOUR DAY” press-turi tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Jurnalistlar presslash, payvandlash va bo‘yoqlash sexlari, ishlab chiqarish liniyasi hamda sifat nazorati jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Press-turdan so‘ng jurnalistlar va kompaniya vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniyada amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya, yangi loyihalar va modellar qatorini kengaytirish, shuningdek, mahalliylashtirish va kooperatsiya yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanining muhim qismi ochiq savol-javob shaklida o‘tdi. OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni kompaniya mutasaddilariga bevosita berib, ularga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida Chevrolet Equinox PHEV va Chevrolet Suburban High Country avtomobillarining taqdimoti o‘tkazildi. Ishtirokchilar avtomobillar bilan yaqindan tanishib, ularning asosiy xususiyatlari va imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar.

Ushbu tadbir ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita ko‘rish, kompaniya vakillari bilan ochiq muloqot qilish hamda “UzAuto Motors” AJda amalga oshirilayotgan loyihalar va yangiliklar bilan yaqindan tanishish uchun navbatdagi ochiq maydonga aylandi.