Yangiliklar

COVID-19: UZAUTO RAHBARIYATNING MUROJAATI
2021-08-01 21:10:19 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Hurmatli avtomobilsozlik sanoati ishchi xodimlari!

Bir yildan ko‘proq vaqt ilgari hech birimiz hayotimizda qanday o‘zgarishlar bo‘lishini xayolimizga ham keltirolmasdik. COVID-19 epidemiyasi butun dunyoni shiddat bilan egallab oldi, endi bu dunyo hech qachon oldingi holiga qaytmasligi aniq.

Ushbu qiyin davrda biz mutatsiyaga uchrashda davom etayotgan, shu bilan birga insoniyatga tajavuskor shtammlari bilan zarba berayotgan, to‘htashni bilmaydigan, koronavirus (COVID 19) pandemiyasidan qanchadan-qancha odamlar mashaqqat chekayotganini guvohi bo‘lyapmiz.

Bugun biz yana kasallikning haddan tashqari og‘ir shakliga chalinganlarning rekord darajasini nafaqat kattalarda, balki yosh bolalarda ham kuzatmoqdamiz.

Bilingki, bizning kompaniyamiz uchun - siz barchangiz, bizning minglab jamoamiz qadrlidir. Pandemiyaning dastlabki kunidan boshlab, biz xodimlarimizni infeksiya xavfidan himoya qilish borasida qayg‘urdik. Biroq shunga qaramay, o‘tgan yil davomida ko‘pchiligimiz COVID-19 dan aziyat chekdik.

Virusdan imkon qadar himoyalanishimiz uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘rish va ayniqsa, aniq bo‘lgan himoya vositasi, emlanishni olish har birimizning vazifamizdir. Keling, nafaqat o‘zimiz haqimizda, balki yaqinlarimiz hamda biz bilan yaqin bo‘lganlar haqida ham qayg‘uraylik.

Bizning maqsadimiz - kompaniyamiz hamda har birimizning shaxsiy farovonligimiz uchun odatiy ish jarayoniga to‘liq qaytishga birgalikda kurashishni davom ettirishdir.

Butun dunyo bo‘ylab COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlanish sog‘liqni saqlashda yangi dunyo standartiga aylandi.

The Lancet jurnalida keltirilishicha, klinik sinov natijalariga ko‘ra emlashdan ikki hafta o‘tgandan so‘ng, qo‘llanilgan vaksinaga javob tariqasida, 90% insonda COVID-19ga qarshi neytrallashgan antitela aniqlangan.

Shaxsan men o‘zim 15 iyul kuni koronavirusga qarshi emlandim va o‘zimni ishonchli hamda xavfsiz his qilyapman!

Har biringizga mustahkam sog‘liq tilayman, o‘zingizni asrang!

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi

Umurzakov Shavkat Buranovich