Yangiliklar

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” AJ tomonidan yong‘indan xabar berish, yong‘inni gazli va suvli-purkab o‘chirish avtomatik tizimlariga hamda perimetr bo‘ylab qo‘riqlash avtomatik signalizatsiya tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha davlat xaridi bir xil manzilli qatnashchilar ishtirokida oʻtganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan “UzAuto Motors” AJ tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Media vakillaridan tekshirilmagan va hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz.
O‘rganish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgach, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.