Yangiliklar
![Yangiliklar](/images/uploads/a35dd4bc6d3786affb9000002a6a5b7e8f79a.jpg)
«UzAuto Motors» AJ tashabbusi bilan Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan “Bolalar shaharchasi” mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram dasturxoni tashkillashtirildi.
![](https://telegra.ph/file/db8e94334c3de5c62f05d.jpg)
Kun davomida bolalarni xursand qilish, bayramona kayfiyat ulashish maqsad qilingan bayram dasturi doirasida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga teatr namoyish qilindi.
Bolalarni xoh kichik bo‘lsin, xoh katta bo‘lsin – har qanday sovg‘a-yu shirinliklar zavq-shavqqa to‘ldiradi. «UzAuto Motors» mana shu zavqni ulashdi. Bolalar shaharchada istiqomat qilayotgan o‘g‘il qizlarga kundalik hayotga zarur bo‘lgan buyumlar, sport anjomlari bilan birga esdalik sovg‘alar topshirildi.
![](https://telegra.ph/file/7f01d34626f295ea5376b.jpg)
Ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik, maskan tarbiyalanuvchilarining jajji va murg‘ak ko‘nglini tog‘dek ko‘tarib, kelajakdagi faoliyatlarida o‘z samarasini ko‘rsatadi degan umiddamiz.
![](https://telegra.ph/file/2c21e9c2c8b9d83162104.jpg)
«UzAuto Motors» AJ ning bayramona tashrifi “Bolalar shaharchasi”dagi tarbiyalanuvchilarga manzur bo‘lib, shodlik baxsh etdi.
Zero, har bir bola mehr va g‘amxo‘rlikni his etib ulg‘ayishi muhimdir.
![](https://telegra.ph/file/2c55d4790c9228eba972c.jpg)
![](https://telegra.ph/file/d9564e05d8451776032d7.jpg)