Yangiliklar
Central Asian Expo markazidagi xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi o‘zining yorqin va qiziqarli stendlari namoyishi bilan davom etmoqda.
“UzAuto Motors” AJ O‘zbekistondagi yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya sifatida ko‘rgazmada eng yangilangan modellarini keng jamoatchilikka taqdim etmoqda.
Stendga tashrif buyuruvchilar, haydovchilar va avtomobil ixlosmandlari uchun qiziqarli bo‘lgan metan gaz balloni o‘rnatilgan Chevrolet Tracker va Onix modellarini, shuningdek, tashqi ko‘rinishi yangilangan Chevrolet Cobalt Midnight avtomobilini birinchilardan bo‘lib ko‘rishmoqda.
Ko‘rgazma davomida “UzAuto Motors” kompaniyasining vakillari mehmonlarni samimiy kutib olishmoqda. Ular tashrif buyuruvchilarni avtomobillar bilan yaqindan tanishtirib, ularning ehtiyot qismlari, maxsus jihozlari va innovatsion yechimlari haqida batafsil ma’lumot berishmoqda.
Mehmonlar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatidan foydalanishlari, shuningdek, avtomobillarni yaqinroq ko‘rishlari mumkin.
Bundan tashqari, Chevrolet Onix va Cobalt modellarining konstruksion sochma marketlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Bu modelar, o‘zining ergonomik dizayni, yuqori sifatli materiallari va zamonaviy texnologiyalari bilan alohida e’tiborni tortmoqda.
Avtomobil sanoatining o‘zgacha muhitidan bahramand bo‘lish va ushbu modellar bilan bevosita tanishish tashrif buyuruvchilar uchun unutilmas tajriba bo‘ladi.
Keling, avtomobil sanoatidagi yangiliklardan birga bahramand bo‘laylik!