Yangiliklar

Chevrolet dilerlik tarmog‘i xodimlarining komplayens bo‘yicha malakasi oshirildi
04/12/2025 17:06 48 Yangiliklar
Chevrolet dilerlik tarmog‘i xodimlarining komplayens bo‘yicha malakasi oshirildi

“Uzauto Motors” AJ Komplayens xizmati Chevrolet dilerlik korxonalari xodimlari uchun navbatdagi amaliy treninglarni o‘tkazdi. Mashg‘ulotlarda huquqiy savodxonlik, korporativ axloq, korrupsiyaga qarshi kurash va xalqaro sanksiyalar bo‘yicha zarur bilimlar berildi.

Treningning asosiy e’tibori xodimlarning komplayens bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, shubhali holatlarni to‘g‘ri baholay olish, ularni belgilangan tartibda xabar qilish va mijozlar bilan muloqot yuritish madaniyatini yanada yaxshilashga qaratildi.

Hurmatli mijozlar!
Agar siz rasmiy dilerlik korxonalarida korrupsiya, noqonuniy yoki nojo‘ya harakatlarga duch kelsangiz yoki xabar topsangiz bu haqda Komplayens xizmatining quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingiz mumkin:

Telefon: 998 78 140 56 30
E-mail: compliance@uzautomotors.uz
Telegram-bot: t.me/uzautomotors_compliance_bot

Muhim: Murojaat yo‘llagan shaxsning shaxsi sir tutilishi hamda hech qanday bosim yoki ta’qibga uchramasligi to‘liq kafolatlanadi.