Yangiliklar
 
                                                                      
                                    Ijtimoiy tarmoqlarda avtovozga ortilgan yangi "Malibu-2" avtomobillari aks etgan video tarqaldi. Rolik muallifi o‘z izohida ushbu avtomobillar go‘yoki Qozog‘istonda qaytarilib, O‘zbekistonga yetkazib berilayotganini ta’kidlaydi.
"UzAuto Motors" AJ ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qiladi. Videoda koʻrsatilgan "Malibu-2" avtomobillari partiyasi Xitoydan Qozog‘iston hududi orqali belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya qilgan holda O‘zbekistonga yuborilmoqda.
Kompaniya ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan notoʻgʻri ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raydi.
Barcha rasmiy ma’lumotlar “UzAuto Motors” AJ veb-sayti hamda kompaniyaning Telegram, Instagram va Facebook’dagi sahifalarida e’lon qilinadi.
