Yangiliklar

Rasmiy xabar
2025-03-14 14:07:04 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” AJ tomonidan yuvinish xonalari uchun rakovinalar xarid qilingani haqida notoʻgʻri talqin qilingan xabarlar tarqaldi.

Shuni ma’lum qilamizki, ushbu ma’lumot 15 ta asosiy mahsulotlar nomi va ularni mahkamlagich elementlari, shu jumladan qimmatbaho va yarim qimmatbaho metallarni o‘z ichiga olmagan anodlash elementlari spetsifikatsiyasi va to‘liq ro‘yxati bilan e’lon qilingan hujjat kontekstidan yulib olingan.

Har bir komplekt tarkibiga yuvinish xonasi uchun mebel rakovinasi bilan, keramik unitaz, dush uchun smesitel, gigiyenik smesitel, rakovina uchun smesitel, sochiq tutgich (ikkitalik va bittalik), axlat chelagi, tokcha (shishali), bir necha qavat tokchali mebel (etajerka), qog‘oz tutgich (po‘lat), ilgak va boshqa zaruriy gigiyenik aksessuarlar kiradi.

Davlat xaridlari bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq, davlat xaridlarining elektron tizimi orqali elektron do‘kon tanlov natijalariga ko‘ra, 2025-yil 12-mart kuni “UzAuto Motors” AJ va “Econom online trade” MCHJ o‘rtasida tarqalgan xabarda ko‘rsatilganidek Italiya brendiga tegishli emas, balki Xitoyda ishlab chiqarilgan tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, “UzAuto Motors” AJ barcha xarid jarayonlarini amaldagi qonunchilikka asoslangan holda amalga oshiradi hamda barcha tuzilayotgan kelishuvlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi.

Hurmatli ijtimoiy tarmoqlar va messenjer guruhlarining administratorlari!

Asossiz va noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumotlarning tarqalishining oldini olish maqsadida, kompaniyamiz faoliyatiga oid xabarlarni e’lon qilishdan oldin rasmiy axborot manbalarimiz yoki 78 140-55-40 (#1751) telefon raqami orqali biz bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz.