Yangiliklar
Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini foizsiz xarid qilish bo‘yicha hamkor tijoriy banklar soni yana bittaga oshdi. Xaridorlar uchun tanlov imkoniyati kengayib, to‘lov jarayonlari yanada oson va qulay bo‘ldi.
Ipoteka bank Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlar uchun uzaytirilgan muddatlar bilan yanada moslashuvchan imkoniyatni taqdim etadi.
Chevrolet Tracker uchun shartlar:
–25% boshlang‘ich to‘lov – 24 oyga
–30% boshlang‘ich to‘lov – 30 oyga
–40% boshlang‘ich to‘lov – 36 oyga
–50% boshlang‘ich to‘lov – 48 oyga
–60% boshlang‘ich to‘lov – 60 oyga

Chevrolet Onix uchun shartlar:
–25% boshlang‘ich to‘lov – 30 oyga
–30% boshlang‘ich to‘lov – 36 oyga
–40% boshlang‘ich to‘lov – 48 oyga
–50% boshlang‘ich to‘lov – 60 oyga
Bundan tashqari, Chevrolet Tracker va Onix avtomobilini imtiyozli shartlar asosida 0% foiz stavka bilan Kapitalbank, Infinbank, Tengebank va Asakabank orqali ham xarid qilish mumkin.
Moliyalashtirish shartlari bank tomonidan belgilanadi. Aksiya doirasida avtomobillar chegirmasiz narxlarda taklif etiladi.
Batafsil ma’lumot uchun Ipoteka-bank rasmiy saytiga tashrif buyuring yoki 1233 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.