Yangiliklar

“UzAuto Motors” “Chevrolet Lacetti” avtomobili ishlab chiqarilishini 12,5 foizga oshirdi
2021-10-04 03:59:00 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Joriy yilning sentabr oyida kompaniya “Chevrolet Lacetti” avtomobilini ishlab chiqarish liniyalarida optimizatsiya ishlarini olib bordi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida "Chevrolet Lacetti" avtomobilining ishlab chiqarilish hajmi kuniga o'rtacha 280 tadan 320 ta avtomobilga yetdi.

Olib borilgan modernizatsiya ishlari ushbu avtomobil modelining ishlab chiqarilishini oyiga o'rtacha 1000 donaga ko'paytirish imkonini beradi.

Ishlab chiqarishning ko’payishi yuzaga kelayotgan navbatlarni qisqartiradi va mijozlarga ushbu ommabop avtomobilni qisqa muddatlarda yetkazib berishni ta’minlaydi.

Soʻnggi yangiliklar bilan batafsil tanishish uchun kompaniyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.