Yangiliklar

OCHIQ MULOQOT – ZAVODDA SIFAT KUNI
2022-03-01 00:08:08 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

"UzAuto Motors" AJ Asaka shahridagi zavodida jurnalist va taniqli avto-blogerlar ishtirokida "Sifat kuni" doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.

 

Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad, ishlab chiqarish jarayonini to’liq ko’rsatish, ayniqsa, zavodda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida iloji boricha batafsil ko’rsatish.

 

Uchrashuv qizg’in savol-javob tarzida bo’lib o’tdi. “Sifat kuni” doirasida qatnashchilar o’zlarining tanqidiy savollariga javob olishdi.

 

Ochiq aytish mumkin, uchrashuvda mavzu yuzasidan tanqidiy savollar ko'p berildi. Va, albatta bu yaxshi. Chunki tanqidiy savollar oldinga harakatlanishga imkon beradi.