Yangiliklar

Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, 25-dekabr soat 16:30 holatiga ko‘ra
2023-12-25 19:45:28 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, 25-dekabr soat 16:30 holatiga ko‘ra, UzAutoSavdo platformasidan foydalangan holda jami 25 000 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli tuzilgan.

UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 6 740 ta kiberhujumga uchragan. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 2 000 000 dan ortiq faol seanslar va soniyada 7 000 dan ortiq yangi seanslar qayd etildi.

Ushbu davr mobaynida kompaniyaning Call-markazi tomonidan  1500 ta murojaatlar qabul qilinib, ko‘rib chiqildi. Agar sizda savollar tug‘ilsa, har qanday holatlarda call-markazga murojaat qilishingiz mumkin. 

UzAuto Motors jamoasi foydalanuvchilar uchun onlayn platforma  muntazam  ishlashini taʼminlash boʻyicha faol ish olib bormoqda.