Yangiliklar

Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, 25-dekabr soat 18:00 holatiga ko‘ra
2023-12-25 21:37:28 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, 25-dekabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, UzAutoSavdo platformasidan foydalangan holda jami 30 500 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli tuzilgan.

UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 6 999 ta kiberhujumga uchragan. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 2.8 mlndan ortiq faol seanslar qayd etilgan.

Ushbu davr mobaynida kompaniyaning Call-markazi tomonidan  1800 ta murojaatlar qabul qilinib, ko‘rib chiqildi. Agar sizda savollar tug‘ilsa, har qanday holatlarda call-markazga murojaat qilishingiz mumkin. 

UzAuto Motors jamoasi foydalanuvchilar uchun onlayn platforma  muntazam  ishlashini taʼminlash boʻyicha faol ish olib bormoqda.