Yangiliklar
![Yangiliklar](/images/uploads/6a54d7edc904c7d4ac774f9f46c1ca2a.png)
26-dekabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, UzAutoSavdo platformasidan foydalangan holda jami 31 200 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli tuzildi.
UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimida 27 kiberhujum kuzatildi. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 85 400 dan ortiq faol seanslar qayd etilgan.
Shu bilan birga, ushbu davr mobaynida kompaniyaning Call-markazi tomonidan 1750 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, ko‘rib chiqildi. Agar sizda savollar tug‘ilsa, har qanday holatlarda call-markazga murojaat qilishingiz mumkin.