Yangiliklar

"O‘zavtosanoat" AJ dam olish kunlarida tizim korxonalari xodimlari oila a’zolari uchun ko‘tarinki kayfiyatga boy “Oila Kuni” korporativ tadbirini tashkil etdi.
Tadbir o‘zining rang-barang va har bir ishtirokchining qiziqishlariga mos faoliyatlari bilan ajralib turdi.
Xodimlarning farzandlari uchun maxsus o‘yin maydonchalari, ko‘ngilochar maskanlar va ijodiy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bolajonlar rassomchilik bilan shug‘ullanishdi, yuzlarga naqsh chizish san’ati (akvagrim) va animatorlar ishtirokida qiziqarli o‘yinlarda faol qatnashishdi.
Tadbir davomida xodimlarning oila a’zolari o‘zaro yaqinlashib, samimiy muhitda birgalikda vaqt o‘tkazishdi. Bolalar esa yangi do‘stlar orttirib, quvonch va taasurotlarga boy unutilmas kunni xotiraga muhrlab qaytishdi.