Yangiliklar

O‘zbekistonda avtomobil sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
2023-12-26 23:03:28 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

O‘zbekistonda avtomobil sotish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasida yangi avtotransport vositalarini chakana sotish tartibini yanada takomillashtirish hamda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 dekabrdagi 683-sonli qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, unga ko‘ra, sotuvchi oldi-sotdi shartnomasini tuzishda barcha iste’molchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi.

Hukumat qaroriga binoan, agar bozorda ustun mavqega ega sotuvchida o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan avtotransport vositasini sotishda ichki bozordagi talabni qondirish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, bir shaxs bilan 12 oy davomida avtotransport uchun ikkitadan ortiq shartnoma tuzilganda, sotuvchi keyingi 12 oy mobaynida ushbu mahsulot uchun qayta shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega.

“O‘zavtosanoat” AJ Qaror loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etganlardan biri sifatida ushbu qarorni avtomobilni o‘zi uchun sotib olayotgan xaridorlarning huquqlarini ta’minlashda o‘z vaqtida qilingan muhim qadam deb hisoblaydi.