Yangiliklar

Chevrolet brendi beshinchi TAF! 2023 Toshkent reklama festivalida
2023-10-10 20:25:42 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Reklama sohasidagi yilning eng yirik tadbiri – beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivali shanba kuni nihoyasiga yetdi. Chevrolet brendi mazkur tadbirning avtomobil hamkori hisoblanadi.

Festival doirasida bo'lib o'tgan tanlovlar g'oliblarini taqdirlash marosimida Chevrolet brendiga mansub Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarining eng yorqin reklama loyihalari namoyish etildi.

 

 

 

 

 

Shuningdek, mazkur avtomobillarga qiziqish bildirgan ishtirokchilar tadbir davomida avtomobillar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar:

 

 

 

 

 

 

 

 

"UzAuto Motors kompaniyasi" Chevrolet brendi 2023-yilning eng zamonaviy va xaridorgir avtomobili e'tirofiga sazovor bo'lishida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligini bildiradi hamda barcha tanlov g‘oliblarini samimiy tabriklaydi.