Yangiliklar

Bugun internetda go’yoki Chevrolet.uz saytida koʻrsatilgan deb Chevrolet Captiva 2024 avtomobillarining narxlari haqida soxta maʼlumotlar tarqaldi
2023-09-24 03:18:46 Yangiliklar
 
                          Yangiliklar

Bugun internetda go’yoki Chevrolet.uz saytida koʻrsatilgan deb Chevrolet Captiva 2024  avtomobillarining narxlari haqida soxta maʼlumotlar tarqaldi.

Saytdan olingan skrinshotlarda Chevrolet Tracker avtomobil rasmi va narxlari (https://www.chevrolet.uz/tracker-my-23) ko'rsatilganiga e’tibor bermagan holda, kanallar soxta xabarlarni tarqatishda davom etmoqda. 

UzAuto Motors kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan avtomobil haqidagi ma’lumotlar narxi va komplektatsiyasiga koʻra Chevrolet Tracker avtomobiliga toʻgʻri kelishi va Captiva’ga hech qanday aloqasi yoʻqligini maʼlum qiladi. 

Bundan tashqari, Chevrolet Captiva (https://chevrolet.uz/captiva) faqat 3 ta komplektatsiyada sotuvga chiqariladi.

Hurmatli kanal adminlari va blogerlar, xabarni “sensatsiya” qilishdan oldin kompaniyaning rasmiy kanallarida berilgan maʼlumotlarni diqqat bilan solishtirishingizni soʻraymiz.