Yangiliklar

Ushbu investor 170 million dollar hisobiga yana 4,5 ming gektar qumli yerni foydalanishga kiritib, raps oʼsimligini ekish va undan
bioetanol ishlab chiqarishni reja qilgan.
Masʼullarga bu loyiha uchun zarur koʼmakni koʼrsatish topshirildi.
Prezident Tuproqqalʼadagi “Damas” zavodi boʼyicha katta yangilikni aytdi. Bu zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobilь ishlab chiqarish boshlanadi.
Аvtomobilь Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 oʼrindiqqa ega boʼladi.
Mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokarani yakunlab, keyingi yilda yirik uzelli yigʼish usulida ishlab chiqarishni boshlash, 2027 yilda toʼliq siklga oʼtib, mahalliylashtirishni 50 foizga olib chiqish topshirildi.